5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev 7 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mahallada 5 nafar ayolni biznesga olib kirgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratiladi.
Markaziy bank tijorat banklari bilan birga ikki oy muddatda banklarda xotin-qizlar uchun yangicha yondashuv asosida moliyaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun mas’ul bo‘ladi.
Masalan, tug‘uruq ta’tiliga chiqqan ayollar uchun bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddati 10 oygacha uzaytiriladi.
Endi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 4 bosqichli yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Birinchi bosqichda biznesga qiziqqan, lekin ko‘nikmasi bo‘lmagan 20 ming nafar xotin-qiz tadbirkorlikka o‘qitiladi. Bunga Savdo-sanoat palatasi mas’ul bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda “Xalq banki” o‘zini o‘zi band qilgan 100 ming nafar ayolning kichik tadbirkor bo‘lishi uchun ko‘maklashadi.
Uchinchi bosqichda har bir tumanda 2 tadan kichik korxonani namunali o‘rta biznes darajasiga olib chiqishga “Hamroh” kompaniyasi mas’ul bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqichda Savdo-sanoat palatasi eng faol 50 nafar ayol tadbirkorni yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshadigan “chempion tadbirkor”ga aylantiradi.
Joriy yilda 60 ta tumanni “ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha katta marra olingan. Bunga qo‘shimcha ravishda hokimlar har bir viloyatning 2 tadan tumanini ishsiz ayollar qolmaydigan hududga aylantirish uchun mas’ul bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
-
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
Iqtisodiyot | 22:41 / 24.05.2025
Mavzuga oid

15:58 / 06.05.2025
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi

09:46 / 30.04.2025
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi

13:03 / 20.03.2025
Kichik biznes uyushmasi tashkil etiladi

14:29 / 17.03.2025