ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi
Tadbir Xitoy raisligida «Shanxay ruhini targ‘ib qilish: ShHT harakatda» shiori ostida o‘tkaziladi.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) navbatdagi sammiti kuzda Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit davomida ishtirokchi davlatlar rahbarlari mavjud tajribani sarhisob qiladi, kelajak uchun reja ishlab chiqadi, hamkorlikka umumiy yondashuvni mustahkamlaydilar, bu esa, shubhasiz, ShHT jarayonini yangidan boshlash imkonini beradi.
«Bu yil Xitoy ShHT sammitiga raislik qilmoqda. ShHT Xitoyda tashkil topgan va Xitoyning Shanxay shahri nomi bilan atalgan. Shuning uchun u biz uchun alohida ramziy ma’noga ega. Shanxay hamkorlik tashkilotining o‘z vataniga qaytganidan juda mamnunmiz. Xitoy raisligida «Shanxay ruhini targ‘ib qilish: ShHT harakatda» shiori ostida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniy-gumanitar aloqalar yo‘nalishida 100 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xitoyning harakatlari «Shanxay ruhiga» jilo qo‘shsin, Xitoy drayveri ShHT rivojiga kuchli qo‘shimcha turtki bo‘lib xizmat qilsin», dedi vazir.
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025