Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan shaxslar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro A.N.ga tegishli “Zarafshon” MFY hududidagi noturar binoda fuqaro O.R. tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 224,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. va boshqalar “Xojikent” MFY hududidagi xonadonda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 141,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda S.Sh. oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari “Yalpoqtepa” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 170 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:16 / 19.06.2026