Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yo‘l belgilarini qo‘llashda Belarus tajribasi tatbiq etilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus transport va kommunikatsiyalar vaziri Aleksey Lyaxnovich bilan uchrashdi.
Foto: "Dunyo" AA
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Vazir Aleksey Lyaxnovich O‘zbekiston va Belarus xalqaro yuk tashuvchilari uchun ruxsatnomalarni bekor qilish masalasiga e’tibor qaratib, ushbu qadam ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasining oshishiga turtki bo‘lishini bildirdi.
Belarus tomoni, shuningdek, xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha Belarus-O‘zbekiston qo‘shma komissiyasining navbatdagi majlisini joriy yilning mart-aprel oylarida Minsk shahrida tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uchrashuvda xalqaro transport yo‘laklarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar, Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika habidan foydalanish masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.
Belarusning samarali jamoat transporti tizimi, aeroportlar uchish-qo‘nish yo‘laklarini loyihalash, yo‘l belgilarini qo‘llash bo‘yicha tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etishga e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
13:34 / 31.12.2025
RF Mudofaa vazirligi: «Oreshnik» Belarusda jangovar navbatchilikni boshladi
14:15 / 30.12.2025
Polshada Belarusdan meteozondlar orqali kiritilgan kontrabanda topildi
10:41 / 27.12.2025