Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV
Donald Tramp Ukraina prezidentini qurol-yarog‘ bilan shantaj qilmoqda, deb yozdi Bild.
Foto: Getty images
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni prezident Vladimir Zelenskiy iste’foga chiqmagunicha tiklashni rejalashtirmayapti.
«Donald Tramp Zelenskiyni qurol-yarog‘ bilan shantaj qilmoqda, uning prezidentlikdan ketishi va Ukrainada saylov o‘tkazilishini talab qilmoqda», deb yozdi Bild.
Avvlaroq, Amerika rasmiylari Zelenskiyning siyosiy raqiblari Yuliya Timoshenko va Pyotr Poroshenko bilan uchrashib, ehtimoliy saylovni muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi.
Shu bilan birga, siyosatshunos Tomas Yyeger so‘zlariga ko‘ra, Tramp Zelenskiy bilan 2020 yilda Hanter Bayden voqeasi bo‘yicha orani ochiq qilmoqchi. O‘sha vaqtda Zelenskiy Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Baydenni obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni Trampga bermagan edi.
Ta’kidlanishicha, Putinga ham uch yildan ortiq vaqtdan beri qarshilik qilayotgan Zelenskiy nomzodi yoqmaydi.
«Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov uch hafta oldin amerikalik hamkasbi Marko Rubio bilan uchrashuvda: «Zelenskiy bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi», deganiga ishonaman», deb ta’kidladi Yyeger.
Shu bilan birga, Yyeger Ukrainadagi ehtimoliy yangi saylovni tashkil qilish qiyin bo‘lishidan ogohlantirdi va: «bu Putinga natijalarni manipulyatsiya qilish uchun ideal imkoniyat bo‘ladi», dedi.
Mavzuga oid
22:13 / 17.03.2026
Eron milliy jamoasi JCh-2026 o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib bormoqda
20:38 / 17.03.2026
Tramp jamoasi a’zolaridan biri urushga norozilik bildirib, iste’fo berdi
20:02 / 17.03.2026
Eronning yangi oliy rahbari AQSh bilan muzokaralar taklifini rad etdi
19:12 / 17.03.2026