Bunda alohida yölaklar taşkil etilib, pasport va bojxona nazorati jarayonlari tezlaştiriladi. Xizmatdan foydalanuvçilar BHMning 15 foizi miqdorida tölov tölaşi kerak böladi. Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevga köra, bu xizmat boşqa ötib-qaytuvçilarni kamsitiş yoki ularning huquqlarini çeklaşga daxl qilmaydi.
2025 yil 1 maydan boşlab çegara bojxona postlarida “Fast-track” navbatsiz ötiş xizmati yölga qöyilmoqda. Bu uçun BHMning 15 foizi (hozirda 56 ming söm) tölaş kerak böladi.
Uşbu xizmat qanday işlaydi, sun’iy tirbandliklarga olib kelmaydimi? Kun.uz’ning mazkur savollariga Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev javob berdi.
“Bu xizmat nima beradi? Birinçi galda, bu ixtiyoriy tanlanadi. Heç qanday majburiylik yöq. Çunki xohlaymizmi-yöqmi, ayniqsa biznesda vaqt — bu pul. Masalan, ayrim taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari, biznesmenlar yoki investorlar çegara bojxona postidan tezroq ötişga harakat qilişadi va bu tabiiy hol. Dunyo amaliyotida mana şu mexanizm işlayapti. Alohida yölak mavjud böladi. Bu boşqa ötib qaytadiganlarni kamsitiş yoki ularning huquqlarini çeklaşga daxl qilmaydi”, deydi Husan Tangriyev.
Bundan taşqari, tegişli nizomga köra, aqliy yoki jismoniy imkoniyati çeklanganlar uşbu xizmat uçun tölov qilmaydi. Tölovlar mobil ilovalar orqali yoki ötkaziş punktida mavjud tijorat banklari şoxobçasida amalga oşirilişi mumkin.
Husan Tangriyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bojxona vakillari Singapurda bölib turgani, u yerda bir qança muammolarga yeçim izlanayotgani haqida ham gapirdi.
“Masalan, transport xarajatlarini hisoblaşda tadbirkorlar, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari tomonidan taqdim qilinayotgan ma’lumotlarga asoslanilardi. Endi transport xarajatlari, ya’ni bitta transport vositasi Yevropaga borgunga qadar transport xarajatlarini sun’iy intellekt yordamida hisoblaş moduli ustida iş ketmoqda. Yoki tovarlarning şunçaki rentgen tasvirini yoki tovarlarga tegişli şartnomadagi ma’lumotlari va uning taşqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi kodini sun’iy intellekt yordamida avtomatik aniqlaş ustida ham işlar olib borilmoqda. Amaliyotda köpinça taşqi iqtisodiy faoliyat tovarlari kodini aniqlaş uçun tadbirkor ba’zi holatlarda markaziy bojxona laboratoriyasiga murojaat qilişiga töğri kelar edi”,










