Toşkent viloyatida joylaşgan, xalq tilida “Çernyayevka” deb ataladigan “Ğiştköprik” çegara bojxona posti 5 fevraldan boşlab 4 oyga yopiladi. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, çeklov mazkur postdagi ulkan quriliş va rekonstruksiya işlarini mantiqiy nihoyasiga yetkaziş maqsadida amalga oşirilmoqda. Xususan, postda vaqtinçalik binolarni demontaj qiliş, hududni obodonlaştiriş, postga tutaş hududda zarur infratuzilmani taşkil etiş nazarda tutilgan.
“Ğiştköprik” çegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 2025 yilning 5 fevral kunidan “Navoiy” çegara bojxona postiga yönaltiriladi.
Yangidan zamonaviy tarzda bunyod etilgan “Navoiy” çegara bojxona posti ham Toşkent viloyatining Toşkent tumanida joylaşgan bölib, “Ğiştköprik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.
Qayd etilişiça, jismoniy şaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uçun qulay bölişini ta’minlaş maqsadida “Navoiy” çegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati çeklanadi.












