Donald Tramp Ilon Maskni qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida Tesla avtomobili xarid qiladi
Butun Yevropa bo‘ylab Tesla avtomobillari savdosi va kompaniya aksiyalari tushib ketgan. Bunga Maskning DOGE rahbarligi lavozimidagi harakatlari sabab bo‘lmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ilon Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi Tesla avtomobili sotib olishini ma’lum qildi.
«Ertaga ertalab Ilon Maskka nisbatan ishonch va qo‘llab-quvvatlov belgisi sifatida mutlaqo yangi Tesla sotib olmoqchiman. Nima uchun u o‘zining ulkan qobiliyatidan Amerikani yana buyuk qilishda foydalanayotgani uchun jazolanishi kerak?» — deb yozadi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga.
Oldinroq butun Yevropa bo‘ylab Tesla avtomobillari savdosi tushib ketgan edi. Bunga Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbarligi lavozimida amalga oshirayotgan harakatlari, shuningdek, Yevropadagi o‘ta o‘ng partiyalarni qo‘llab-quvvatlayotgani sabab bo‘lmoqda. AQSh shaharlarida, shuningdek, London, Barselona, Lissabon va Reykyavikda Ilon Maskning Donald Tramp ma’muriyatidagi harakatlariga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, 10 mart kuni Tesla kompaniyasi aksiyalari 15 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi, bu Donald Trampning 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan beri erishilgan barcha o‘sish ko‘rsatkichlarini yo‘qqa chiqardi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston | 11:07
-
UZTELECOM – 12 million vatandoshlarimiz ishonch bildirgan tarmoq
O‘zbekiston | 11:00
-
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
Jahon | 10:45
-
Toshkentda elektromobil yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:24
Mavzuga oid

00:47
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

21:00 / 17.04.2025
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi

19:46 / 17.04.2025
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi

17:23 / 17.04.2025