Polshada O‘zbekiston fuqarolarining ichki a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi
Qo‘lga olingan Ukraina fuqarosi «qora bozor»da 56 dona inson buyragining sotilishini tashkillashtirgan. Qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

Foto: EPA-EFE
Polshalik chegarachilar inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning 35 yoshli ukrainalik a’zosini qo‘lga oldi.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonda ushbu ayol sirtdan 12 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. Ayblov versiyasiga ko‘ra, u «qora bozor»da 56 dona inson buyragining sotilishini tashkillashtirgan.
Polshaning Pshemisl shahri prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayol 6 mart kuni Interpol so‘roviga ko‘ra Polsha va Ukraina o‘rtasidagi temiryo‘l kesishmasida ushlangan. Qo‘lga olingan ayol 2020 yil noyabrdan beri qidiruvda bo‘lgan.
Qozog‘iston maxsus xizmatlari versiyasiga ko‘ra, ayol 2017 yildan 2019 yilga qadar jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan. Qozog‘iston, Armaniston, Ozarboyjon, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, shuningdek, Tailand fuqarolari uning qurboni bo‘lgan.
Prokuratura so‘roq qilib bo‘lganidan keyin okrug sudiga ayolni ekstraditsiya qilish uchun yetti sutkaga hibsga olish bo‘yicha iltimosnoma kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Pokistonda badavlat mijozlarga transplantatsiya qilish uchun odamlarning buyragini noqonuniy ravishda kesib olgan shifokor boshchiligidagi sakkiz kishidan iborat jinoiy guruh hibsga olingan edi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 22:55
-
JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal
Jahon | 22:14
-
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 22:06
-
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
Jamiyat | 21:51
Mavzuga oid

21:18
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

18:12
Urushning oxiri yaqinmi? Nega Ukraina va Rossiyaga tinchlikka erishish shunchalik qiyin?

17:19
Polsha prezidenti yana bir bor AQShni yadroviy qurollarini o‘z mamlakati hududiga joylashtirishga chaqirdi

16:25