Indoneziyadagi qamoqxonadan 50 dan ortiq mahbus qochib ketdi
Mahalliy aholi yordamida qochoqlarning ba’zilari ushlangan. Hukumat vakillari ozodlikda qolayotgan mahbuslarni taslim bo‘lishga chaqirdi.

Foto: Videodan kadr
Indoneziyaning Achex provinsiyasida joylashgan qamoqxonadan 50 dan ortiq mahbus qochib ketdi, deb xabar beradi The Telegraph.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda erkaklar panjaralar ustidan oshib, ko‘cha savdogarlari yonidan yugurib o‘tayotgan tasvirlangan. Mamlakat g‘arbida joylashgan provinsiya aholisi qochoq mahbuslarni ushlashga uringan. Rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 28 nafar mahbus ozodlikda qolmoqda.
Mahbuslar ovqat uchun navbatda turganida qochishni amalga oshirgan. Hozirda Indoneziya qamoqxonalari jiddiy muammoga duch kelgan — ularning aksariyati jinoyatchilarga to‘lib ketgan.
O‘tgan oy immigratsiya va axloq tuzatish muassasalari vaziri Agus Andrianto mamlakatdagi qamoqxonalarning 87 foizi to‘lgani haqida ogohlantirgan edi. Achexdagi voqeadan keyin vazir OAVga ushbu qamoqxona 100 kishiga mo‘ljallangani, ammo u yerda ayni vaqtda 368 nafar mahbus saqlanayotganini ma’lum qilgan.
Jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarning aksariyati giyohvand moddalar bilan bog‘liq ayblovlar uchun qamoqqa hukm qilingan. Hozirda qochoqlarni qidirish bo‘yicha atrofdagi barcha hududlar ko‘zdan kechirilmoqda, rasmiylar ozodlikda qolayotgan mahbuslarni yangi jazodan qochish uchun taslim bo‘lishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:09
-
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi
O‘zbekiston | 18:00
-
“Biz ularga qo‘shila olmaymiz”. Xalq demokratik partiyasi parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 17:48
Mavzuga oid

20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi

23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi

22:01 / 23.04.2025
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan tushirib qoldirildi

15:01 / 16.04.2025