Jahon | 22:55 / 13.03.2025
2662
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi

OAVga ko‘ra, Huawei vakillari Yevropa parlamentining sobiq va amaldagi a’zolarini «sotib olgan». Xitoy kompaniyasi vakillari ularga naqd va sovg‘a ko‘rinishida pora berib kelgan.

Foto: AP

Yevroparlament Huawei bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro episentriga tushib qoldi. Belgiya maxsus xizmatlarining operatsiyasi doirasida yuzlab politsiyachilar Portugaliya, Belgiya va Fransiyada tintuvlar o‘tkazdi hamda 21 ta manzilda hibsga olishlarni amalga oshirdi, deb xabar beradi Associated Press.

Belgiya bosh prokurorining sanksiyasiga ko‘ra amalga oshirilayotgan hibsga olishlar Le Soir gazetasi va boshqa mahalliy OAVda chop etilgan surishtiruvlar ortidan boshlandi. Unda ta’kidlanishicha, Huawei vakillari Xitoy telekommunikatsiya ishlab chiqaruvchisining Yevropadagi tijoriy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida Yevropa parlamentining sobiq va amaldagi a’zolarini «sotib olgan».

Hibsga olishlardan tashqari, ishni olib borayotgan sudya Yevroparlamentning Bryusseldagi binosida parlament yordamchilariga ajratilgan ikkita ofisni muhrlashni ham buyurgan. Ular korrupsiyaviy sxemalarda ishtirok etganlikda gumonlanmoqda.

Belgiya prokuraturasi xabarida aytilishicha, Huawei manfaatlari yo‘lida ish olib borgan shaxslar 2021 yildan boshlab tijorat lobbisi niqobi ostida Yevroparlament a’zolariga naqd, shuningdek, sovg‘a ko‘rinishida pora berib kelgan — ularning restoranlarda ovqatlanishlari, sayohatlari, futbol uchrashuvlariga tashriflari uchun pul to‘langan.

Mavzuga oid