Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tayinlandi
IIV akademiyasining magistratura bosqichi tinglovchisi podpolkovnik Farrux Haydarov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi.

Foto: IIV
Sirdaryo viloyatida ichki ishlar vaziri ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala ko‘rildi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasining magistratura bosqichi tinglovchisi podpolkovnik Farrux Haydarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Majlisda viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqib, kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish maqsadida har bir tuman-shahar IIB boshliqlari tomonidan mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududlarga aylantirish, aholini rozi qilish, ularning murojaatlarini yechimiga e’tibor qaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Bundan oldin ichki ishlar vaziri ishtirokida xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi tashkil etilgandi.
Sessiyada ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan polkovnik Sanjar Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sanjar Jabborov 2022 yildan beri Sirdaryo IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Belarusda josuslikda ayblangan Yaponiya fuqarosiga hukm o‘qildi
Jahon | 21:35
-
Boks 2028 yilda Olimpiada dasturiga qaytishi mumkin
Sport | 21:28
-
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22
-
Turkmanistonda turmushga chiqmagan ayollarga ishda sariq ro‘mol o‘rash buyurildi – OAV
Jahon | 21:01
Mavzuga oid

15:16 / 16.03.2025
Andijon viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

10:57 / 03.03.2025
“Pora emas, rahmat sifatida bergandi” – Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

17:42 / 27.02.2025