Turkmanistonda turmushga chiqmagan ayollarga ishda sariq ro‘mol o‘rash buyurildi – OAV
Yangi qoidalarning joriy qilinish sabablari noma’lum, ammo uni bajarmaganlik uchun ishdan ketish mumkin.

Foto: Getty images
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida turmushga chiqmagan ayollarga ish joyida sariq ro‘mol o‘rashga buyruq berildi. Bu haqda «Ozodlik radiosi» turkman xizmati xabar berdi.
Bu talab mart oyining boshida, turmushga chiqqan turkman ayollarining ishga sariq ko‘ylakda borishi haqidagi buyruq bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Tashkilotlar rahbariyati o‘z qo‘l ostidagilariga yangi qoidalarni joriy qilish sabablarini tushuntira olmagani, faqat «yuqoridan bo‘lgan» ko‘rsatmalarga ishora qilgani va bajarilmagani uchun ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgani ta’kidlanmoqda.
Bu talab qonunan qo‘llab-quvvatlanmasa-da, Turkmaniston fuqarolari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab norasmiy qoidalardan biridir, deyiladi xabarda. Ilgari turkman ayollariga kosmetika vositalaridan foydalanish, tor kiyim kiyish va sochini ochiq rangga bo‘yash taqiqlangan edi.
Karlov universitetining Markaziy Osiyo bo‘yicha eksperti Slavomir Xorak nashrga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, bunday «qoidalar» ko‘pincha faqat prezident yoki uning oila a’zolarining buyruqlari yoki «tavsiyalariga» asoslanadi. Ekspertning fikricha, bunday estetik me’yorlar qisman sovet davridan meros bo‘lib, mamlakat birinchi prezidentining injiqliklari bilan bog‘liq bo‘lsa-da, «Berdimuhamedovlar sulolasi davrida eng yuqori darajaga chiqqan».
Yanvar oyida Turkmaniston hukumati davlat bosma nashrlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaror qildi. Davlat xizmatchilari va talabalarga mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov va uning oila a’zolarining suratlari tushirilgan «gazeta sahifalarini noloyiq joylarga tashlamaslik» buyurildi. Taqiqni buzganlik uchun, masalan, gazetalarni qadoqlash, olov yoqish yoki hojatxona qog‘ozi sifatida ishlatgani uchun fuqarolar ishdan bo‘shatilishi mumkin.
2022 yil martidan beri Turkmanistonni sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li 43 yoshli Serdar Berdimuhamedov boshqarib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA): avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish uchun soha yetakchilarining birlashmasi
O‘zbekiston | 15:00
-
Dunyoning asosiy gastronomik shahri ma’lum qilindi
Jahon | 14:55
-
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
O‘zbekiston | 13:31
-
Husiychilarning hujumi, Tramp va Putin muloqotiga tayyorgarlik va Ozodlik haykalini qaytarishni so‘ragan fransuz - kun dayjesti
Jahon | 13:16
Mavzuga oid

21:00 / 07.03.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshladi

14:53 / 17.02.2025
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston agrosanoat sohasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

23:49 / 10.02.2025
O‘zbekistonga 115 tonna dizel noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

17:29 / 06.02.2025