YeI davlatlari Ukrainaga 40 mlrd yevrolik yordam paketi ajratishni kelisha olmadi
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasga ko‘ra, «ushbu tashabbus keng siyosiy qo‘llab-quvvatlovga ega».

Foto: European Union
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas YeIga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga 40 milliard yevrolik yordam ko‘rsatish paketini kelisha olmaganini ma’lum qildi.
Bryusselda YeI kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kaya Kallas ittifoq a’zolari yaqin vaqt ichida ushbu masalada oldinga siljishiga umid bildirdi.
«Ushbu tashabbus keng siyosiy qo‘llab-quvvatlovga ega», — dedi Kallas munozara tafsilotlarini muhokama qilish bosqichida ekanini ta’kidlab. «Yaqin vaqtlar ichida oldinga siljishimizga umid qilaman», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Oldinroq OAVda 17 mart kuni YeI TIV rahbarlari Bryusselda Ukrainaga 40 milliard yevrogacha yordam ko‘rsatish masalasini muhokama qilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Euractiv portalining yozishicha, uchrashuvda «Ukrainaga 2025 yilda kamida 20 milliard yevrolik, istiqbolda esa mamlakat ehtiyojidan kelib chiqib, 40 milliard yevrolik harbiy yordam ko‘rsatish» masalasining muhokamasi rejalashtirilgan.
Yangi transhni ajratish taklifini mart oyida YeI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ilgari surgandi. U Ukrainaga 20 milliard yevrolik yordam ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqqan edi. O‘shanda Vengriya ushbu tashabbusini bloklab qo‘ygan, shu bois Kallasning taklifi YeIning 6 mart kungi sammitining yakuniy bayonotiga kiritilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shundan keyin YeIda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha fond tashkil etish taklifi berilgan.
Yevropadagi ayrim siyosatchilar Ukrainaga 2025 yilda yordam ko‘rsatish rejasiga o‘z e’tirozlarini bildirmoqda. Xususan, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso YeI sammitiga yo‘l olishdan oldin o‘z mamlakati Ukrainaga YeI davlatlari budjetidan mablag‘ ajratilishiga ovoz bermasligini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

20:07 / 05.03.2025
Yevroparlamentda Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etish va YeI armiyasini tuzish taklif qilindi

17:14 / 04.03.2025
Politico: YeI Vengriyaning e’tirozi sabab Ukrainaga 20 mlrd yevrolik harbiy yordam paketi ajratishni to‘xtatib qo‘ydi

12:21 / 27.02.2025
Donald Tramp YeI tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi

02:30 / 26.02.2025