Gideon Saar 18 iyun kuni X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilgan bayonotida Kaya Kallas sönggi vaqtlarda Isroilga nisbatan noxolis va adolatsiz munosabat bildirib kelayotganini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, Yevropa diplomatiyasi rahbari Meksikaga taşrifi çoğida Isroilning Ğarbiy sohil va Ğazo sektoridagi siyosatini Janubiy Afrika Respublikasida 1948–1994 yillarda amal qilgan irqiy ajratiş — aparteid tizimiga öxşatgan.
«Bizda Kallas xonim mazkur ayblovlarini rad etmagunça yoki qaytarib olmagunça u bilan aloqalarni töxtatişdan boşqa çora qolmadi», — dedi Isroil taşqi işlar vaziri.
Avvalroq Euractiv naşri Yevropa Ittifoqi diplomatlari va amaldorlariga tayanib, Kallas Meksika rasmiylari bilan uçraşuvda Isroilning falastinliklarga munosabatini aparteid siyosatiga qiyoslaganini xabar qilgan edi.
Mazkur bayonotlarga javoban Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi Isroil bilan muloqot va hamkorlikni saqlab qoliş tarafdori ekanini bildirdi.
«Men özaro muloqot va hamkorlikni qadrlayman hamda ularni hurmat va konstruktiv ruhda davom ettirişga tayyorman. Ayniqsa kelişmovçiliklar mavjud bölgan paytda diplomatiyaning asosi muloqot hisoblanadi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.
Şu bilan birga, Kallas Yevropa Ittifoqi Yaqin Şarqda barqaror tinçlikka erişişning yagona maqbul yöli ikki davlatli yeçim ekanini qöllab-quvvatlaşda davom etayotganini ta’kidladi.
Biroq Saar Kallas öz bayonotida aparteid haqidagi sözlarni na rad etgani va na qoralaganiga e’tibor qaratdi. Uning fikriça, bu holat mazkur masalaga oydinlik kiritilmaganini körsatadi.
«Mening bilişimça, sizga nisbatan aytilgan aparteid haqidagi fikrlar Yevropa Ittifoqining rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi. Bu masalaga aniqlik kiritilmagunça qarorimiz özgarmaydi», — dedi Isroil taşqi işlar vaziri.
Ayni paytda Germaniya kansleri Fridrix Mers ham Isroilni aparteid rejimi bilan taqqoslaşga qarşi çiqdi. Bryusseldagi YeI sammiti oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida u bunday ta’rifni qabul qilmasligini va bu masala Yevropa yetakçilari tomonidan muhokama qilinişini ma’lum qildi.

















