Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
Yashnobod tumanida 18 yoshli yigit maktab o‘quvchisi bo‘lgan 12 yoshli qizning qo‘lidan ushlab, og‘zini yopmoqchi bo‘ldi. Hujum qilgan shaxs qiz baqirganidan keyin voqea joyidan qochib ketgan, u shu kunning o‘zidayoq shahar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumani Do‘stobod mahallasida noma’lum shaxs maktab o‘quvchisining ortidan borib, uning qo‘lidan ushlab, og‘zini yopishga uringani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan bergan izohida ma’lum qilinishicha, voqea 10 mart kuni taxminan soat 16:30 da sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, qizchaga II guruh nogironi, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi 18 yoshli X.D. hujum qilgan.
U yonidan o‘tib ketayotgan 2013 yilda tug‘ilgan qizga nisbatan kuch ishlatgan. Jabrlanuvchi qichqirganidan so‘ng X.D. uni qo‘yib yuborgan va qochib ketgan.
Tekshiruv davomida maktab o‘quvchisiga tan jarohati yetmagani aniqlanib, psixolog ishtirokida suhbat o‘tkazilgan. Yigit voqea sodir bo‘lgan kuniyoq shahar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.
Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?
O‘zbekiston | 11:05
-
O‘zbekiston va Xitoy nasos-akkumulyatorli gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 11:02
-
AQSh muzokaralarga xalaqit bermaslik uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmayapti
Jahon | 10:30
-
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 10:10
Mavzuga oid

14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi

17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi

15:00 / 12.01.2025
Toshkentda kommunal to‘lovlarni o‘zlashtirgan MChJ rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

12:12 / 27.11.2024