Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda
NASA astronavtlari Butch Uilmor va Suni Uilyams SapceX kapsulasida Yerga qaytyapti. Ularning sakkiz kunga mo‘ljallangan sayohati texnik muammolar sababli uzoq muddatga cho‘zilib ketdi.
Foto: Getty Images
NASA astronavtlari Butch Uilmor va Suni Uilyams kosmosdagi to‘qqiz oylik safardan so‘ng nihoyat Yerga qaytmoqda, deb yozadi BBC. Ular Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) sakkiz kun qolishi kerak edi, biroq texnik muammolar sababli ularning missiyasi uzoq muddatga cho‘zilib ketdi.
Uilmor va Uilyams NASA astronavti Nik Heyg hamda rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov bilan birga SapceX kapsulasida Yerga qaytyapti. Ular 18 mart kuni Grinvich vaqti bilan 05:05 da XKSdan ajralib chiqqan va soat 21:57 da Floridaning qirg‘oqlari yaqiniga qo‘nishi kutilmoqda.
Avvaliga SapceX kompaniyasining Dragon kapsulasi katta tezlikda Yer atmosferasiga kiradi, bunda uning harorati Tselsiy bo‘yicha 1600 darajagacha qiziydi. So‘ng kapsula tezligi kamayib boradi va astronavtlar Yer tortish kuchidan to‘rt baravar katta bo‘lgan ortiqcha yuklanishga bardosh berishi kerak bo‘ladi. Nihoyat, apparat to‘rtta yirik parashyut yordamida okeanga yumshoq tarzda qo‘nadi.
Suni va Butchning sayohati 2024 yil iyunda boshlangan edi. Astronavtlar Boeing kompaniyasi tomonidan yaratilgan Starliner kosmik kemasining birinchi sinovida ishtirok etdi.
Kosmik stansiyaga parvoz vaqtida kapsulada qator texnik muammolar kuzatildi, shu bois astronavtlarning unda uyga qaytishi xavfli deb topildi. O‘tgan yilning sentabrida Starliner Yerga ekipajsiz qaytdi. Bu esa Butch va Sunini qaytarish uchun yangi kema kerakligini anglatardi. Shuning uchun NASA sentabr oyida XKSga borgan SapceX kapsulasini tanladi.
Dragon kapsulasida stansiyaga to‘rt nafar astronavt o‘rniga ikki kishi uchib bordi — Butch va Suni uchun bo‘sh joy qoldirildi. Muammo shunda ediki, SapceX parvozi 6 oyga mo‘ljallangandi, natijada astronavtlarning XKSda qolish muddati 2025 yil mart oyiga qadar cho‘zilib ketdi.
SapceX kapsulasi 16 mart kuni ertalab to‘rt nafar astronavtni — Enn MakKleyn va Nikol Ayyers, yaponiyalik astronavt Takui Onisi va rossiyalik kosmonavt Kirill Peskovni Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazdi. Endi esa Yerga Butch Uilmor, Suni Uilyams, Nik Xeyg va Aleksandr Gorbunov qaytmoqda.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Akademik almashinuv: Bangladeshga boruvchi o‘zbek talabalari soni oshadi
Ta’lim | 10:23
-
RF Bosh prokuraturasi Xodorkovskiy ta’sis etgan litseyni milliylashtirishni so‘ramoqda
Jahon | 10:21
-
O‘zbekiston-Britaniya: sanoatga integratsiyalashgan ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston | 10:01
-
Putin Lavrovdan norozimi? Moskvada kadrlar bo‘yicha signallar
Jahon | 09:55
Mavzuga oid
07:24 / 31.10.2025
NASA 2025 US6 asteroidi haqidagi ma’lumotlarga kirishni chekladi. Sabab nima?
19:03 / 29.10.2025
NASA shovqinsiz va tovushdan tez uchuvchi samolyotining ilk sinov parvozini o‘tkazdi
21:44 / 26.09.2025
NASA lazer yordamida xabarni 350 million km masofaga uzatdi va javob oldi
23:12 / 23.09.2025