Tramp Putin bilan yashirin muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi
Donald Tramp Rossiya prezidenti bilan 18 mart kungi qo‘ng‘iroqdan oldin ham «ko‘p marta gaplashganini» aytdi. Unga ko‘ra, ushbu suhbatlar ommaga e’lon qilinmagan.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan so‘nggi haftalarda bir necha bor suhbatlashganini ma’lum qildi. Bu haqda u 18 mart kuni Putin bilan muzokaralar o‘tkazganidan so‘ng Washington Examiner nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Juda yaxshi qo‘ng‘iroq bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu nimaningdir yaxshi narsaning boshlanishi. Bunga harakat uch yoki to‘rt hafta oldin boshlangan edi. Bilasizmi, men Putin bilan ko‘p marta gaplashganman — hammasi ushbu qo‘ng‘iroqdan boshlanmadi. Bizning boshqa suhbatlarimiz ham bo‘lgan», — dedi Tramp.
Jurnalistning bu suhbatlar haqida ommaga e’lon qilinganmi degan savoliga javob berarkan, Tramp shunday dedi: «Yo‘q [e’lon qilinmagan], lekin bu ijobiy dinamikaning davomidir. Agar bu ijobiy bo‘lmaganida men sizga aytgan bo‘lardim».
Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin Vladimir Putin bilan qanchalik tez-tez telefon orqali muzokaralar o‘tkazgani aniq emas. Ikki mamlakat yetakchilari 12 fevral va 18 mart kunlari o‘zaro subat qurdi. Shu bilan birga, Tramp 8 fevralda Rossiya—Ukraina urushini tugatishga kelishib olish maqsadida Putin bilan telefonda gaplashganini aytgandi.
The Washington Post gazetasi manbasini 2024 yil noyabr oyida Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonganidan ko‘p o‘tmay Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani to‘g‘risida xabar bergandi. O‘z navbatida Kreml ushbu suhbat faktini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, mart boshlarida Donald Tramp ma’muriyati amaldorlari Oval kabinetdagi tortishuvdan keyin «Oq uy bilan munosabatlar barqarorlashuvi muhimligini ta’kidlash uchun» Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va uning jamoasi bilan yashirin muzokaralar o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

00:51
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi

20:38 / 20.03.2025
Tramp ta’lim vazirligini yopmoqda: demokratlar sudga ariza topshirdi

20:27 / 20.03.2025
Reuters: Razvedka Trampga Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda emasligini ma’lum qilgan

15:28 / 20.03.2025