Donald Tramp ma’muriyati amaldorlari Oval kabinetdagi tortişuvdan keyin «Oq uy bilan munosabatlar barqarorlaşuvi muhimligini ta’kidlaş uçun» Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va uning jamoasi bilan yaşirin muzokaralar ötkazdi. Bu haqda CNN özining ikki manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, muzokarada iştirok etganlar orasida Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog ham bor. Tramp ma’muriyati vakillari ukrainaliklarni nodir metallar böyiça bitimni «iloji boriça tezroq» — AQŞ prezidenti kongressda çiqiş qilguniga qadar qayta tiklaşga çaqirgan.

The Times’ning öz manbalariga tayanib yozişiça, Ukraina prezidentini köndirişga Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer ham yordam bergan. Naşr suhbatdoşlarining ma’lumotlariga köra, 4 mart kuni Starmer Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqot davomida u Zelenskiyga «Tramp eşitişni istayotgan ba’zi narsalar borligini», jumladan, Zelenskiy Oval kabinetdagi uçraşuvni notöğri ötkazganini tan olişini xohlayotganini yetkazgan.

Şundan keyin Zelenskiy Oq uydagi uçraşuv «kutilganidek ötmagani» aytilgan postni yozdi va afsusda ekanini bildirdi. «Bunday bölganidan afsusdaman. Barçasini töğirlaş vaqti keldi. Kelgusi hamkorlik va muloqot konstruktiv bölişini istaymiz», — deb yozgan Zelenskiy.

Nodir metallar töğrisidagi bitim 28 fevral kuni imzolanişi kerak edi, ammo Zelenskiyning Vaşingtonga taşrifi vaqtida Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens örtasida tortişuv yuz berdi. Şundan keyin Zelenskiy Oq uyni muddatidan oldin tark etdi.

Bir neça kundan keyin Tramp Ukraina bilan nodir metallar böyiça bitim «ölmagani», ammo Volodimir Zelenskiy Amerika Ukrainaga bergan barça narsaga «minnatdor» bölişi kerakligi haqida gapirdi.

4 mart kuni Reuters öz manbalariga tayanib, AQŞ va Ukraina bitimni imzolaşga tayyorlanayotganini, Tramp bu haqda kongressga murojaatida ma’lum qilmoqçi ekani haqida yozdi. Ammo Tramp 5 mart kuni ötkazilgan çiqişi davomida bitimni imzolaşga tayyorligi haqida gapirmadi.