BMT Rossiyani Ukrainadagi insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda
Rossiya hukumatining «ommaviy va tizimli» harakatlari natijasida Ukrainada tinch aholining majburan g‘oyib bo‘lishi insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi, deya ta’kidladi BMT.

Rossiya hukumatining keng ko‘lamli bosqinchilik kontekstidagi «ommaviy va tizimli» harakatlari natijasida Ukrainada tinch aholining majburan yo‘qolishi insoniyatga qarshi jinoyatlar hisoblanadi. Bu haqda 19 mart, chorshanba kuni e’lon qilingan Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tekshirish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiya hisobotida aytiladi.
Jyenevada BMT Inson huquqlari kengashiga taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Rossiya hukumati o‘z nazorati ostidagi Ukraina hududlarida ko‘p sonli tinch aholini qo‘lga oldi.
Qurbonlar orasida mahalliy hukumat amaldorlari, davlat xizmatchilari, jurnalistlar va «Rossiya hukumati Ukrainadagi harbiy maqsadlariga tahdid deb hisoblagan» boshqa shaxslar ham bor. Bu ukrainalik harbiy asirlarga ham tegishli, deydi huquq faollari.
BMTda qiynoqlar va jinsiy zo‘ravonlik haqida gapirilyapti
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridagi hibsxonalarga olib ketilgan yoki Rossiya Federatsiyasiga deportatsiya qilingan. U yerda ular jinoyatlarga, jumladan qiynoqlar va jinsiy zo‘ravonliklarga duchor bo‘lgan, deydi BMTdagilar. Ko‘pchilik oylar va yillar davomida izsiz g‘oyib bo‘ldi, ba’zilari vafot etdi. Ko‘p sonli odamlarning taqdiri va qayerdaligi noma’lumligicha qolmoqda, deya qo‘shimcha qilindi. Xususan, qiynoqlar Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan, deya qayd etdi jahon tashkiloti matbuot xizmati.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’kidlashicha, bedarak yo‘qolganlarning oilalari so‘rovlariga javoban, Rossiyaning turli darajadagi rasmiylari bedarak yo‘qolganlarning taqdiri va qayerdaligi haqida muntazam ravishda ma’lumot taqdim etilmaydigan standart javoblar berdi.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: 2024 yilda dunyo bo‘ylab 8938 nafar migrant halok bo‘ldi
Jahon | 14:14
-
Makron Ukraina ittifoqchilarining navbatdagi uchrashuvi haqida ma’lum qildi
Jahon | 13:57
-
Ukrainada halok bo‘lgani tasdiqlangan rossiyalik harbiylar soni 100 mingga yaqinlashdi
Jahon | 13:43
-
O‘zbekiston IFAD'dan qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb qilmoqchi
O‘zbekiston | 13:27
Mavzuga oid

14:14
BMT: 2024 yilda dunyo bo‘ylab 8938 nafar migrant halok bo‘ldi

12:43
Rossiya Suriyaning yangi ma’muriyatiga ilk bor neft yetkazib berdi

10:41
Britaniya Rossiyaning 30 mlrd yevroga yaqin aktivlarini muzlatib qo‘ydi

10:20