Tramp Kiyevga Ukrainadagi AESni AQSh nazorati ostiga olishni taklif qildi
Atom elektr stansiyalarini AQSh egaligiga o‘tkazish Ukraina energetika infratuzilmasi uchun eng yaxshi himoya bo‘ladi, dedi Tramp Zelenskiyga. Ukraina rahbari Kiyev energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga roziligini ta’kidladi.

Foto: Telegram / rnppofficial
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sababli atom elektr stansiyalarini boshqarishni o‘z davlatiga o‘tkazish tarafdori ekanini aytdi. 19 mart, chorshanba kuni Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon qo‘ng‘irog‘idan ko‘p o‘tmay, AQSh davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Uols Oq uy rahbarining atom elektr stansiyasini AQSh mulkiga o‘tkazish Ukraina energetika infratuzilmasi uchun eng yaxshi himoya bo‘lishi haqidagi so‘zlarini e’lon qildi.
Rubio va Uolsning so‘zlariga ko‘ra, Tramp, ular ajoyib suhbat deya ta’rif bergan suhbatda, AQSh «elektr energiyasi va kommunal xo‘jaligi bo‘yicha tajribasidan foydalanib, ushbu stansiyalarni ishga tushirishda katta yordam berishi» mumkinligini ta’kidlagan.
Tramp Patriot tizimlari bilan yordam berishni va’da qildi
AQSh ma’muriyati vakillari, shuningdek, Volodimir Zelenskiy Kiyevga qo‘shimcha Patriot havo mudofaa tizimlarini taqdim etishni so‘raganini aytdi. Rubio va Uolsning ta’kidlashicha, Oq uy rahbari «xususan, Yevropada mavjud bo‘lgan narsalarni topish uchun u bilan hamkorlik qilishga kelishib olgan».
Rubio va Uolsning so‘zlariga ko‘ra, ikki yetakchi Kursk oblastidagi vaziyatni muhokama qilgan va «jang maydonidagi vaziyat o‘zgargani uchun mudofaa idoralari o‘rtasida yaqindan ma’lumot almashishga» kelishib olgan.
Ukraina prezidenti Tramp bilan suhbatini «ijobiy, juda mazmunli va samimiy» deb atadi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u amerikalik hamkasbiga minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid

13:57
Makron Ukraina ittifoqchilarining navbatdagi uchrashuvi haqida ma’lum qildi

13:43
Ukrainada halok bo‘lgani tasdiqlangan rossiyalik harbiylar soni 100 mingga yaqinlashdi

17:37 / 21.03.2025
Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda quriladigan kichik AES loyihasida ishtirok etishi mumkin

12:58 / 21.03.2025