Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi: Rossiya - Yevropa xavfsizligiga «asosiy tahdid»
Mudofaa bo‘yicha Yevropa Oq kitobiga ko‘ra, Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga «asosiy tahdid» bo‘lib qoladi.
Rossiyaning yadroviy qurol bo‘yicha tajovuzkorroq pozitsiyasi va Belarusda yadroviy qurolni joylashtirishi hisobga olinsa, Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga «asosiy tahdid» bo‘lib qoladi. Bu haqda Yevropa mudofaasining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga operativ tayyorgarligi to‘g‘risidagi Oq kitobda (hukumat axborot hujjati) aytilgan. Bu haqdagi tushuntirishlar 19 mart, chorshanba kuni Bryusselda e’lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi «tizimli beqarorlik tarmog‘i»dan, jumladan, boshqa avtoritar kuchlar bilan yaqin hamkorlik orqali foydalanmoqda.
Moskva Yevropaning qo‘shnilarida – G‘arbiy Bolqon davlatlari, Gurjiston, Moldova yoki Armaniston bo‘lsin – doimiy ravishda «qarama-qarshilik va beqarorlikni qo‘zg‘atmoqda» va Afrikada barqarorlikni buzuvchi ta’siri kuchayib bormoqda, deya ta’kidlaydi u.
«Agar Rossiyaga Ukrainada o‘z maqsadlariga erishishga ruxsat berilsa, uning hududiy ambitsiyalari yanada kengayadi»
«Agar Rossiyaga Ukrainada o‘z maqsadlariga erishishga ruxsat berilsa, uning hududiy ambitsiyalari yanada kengayadi», — deya ishonch bildirdi Bryussel.
2025 yilda Rossiyaning mudofaa xarajatlari xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisoblangan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarnikidan oshib ketishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026