Indoneziyada harakatga kelgan vulqon sabab minglab odamlar evakuatsiya qilindi
Flores orolidagi Levotobi vulqoni yana harakatga kelishi oqibatida atrofdagi qishloqlarni kul qopladi, qator xalqaro reyslar bekor qilindi.

Foto: DW
Indoneziyadagi Flores orolining sharqiy qismida joylashgan Levotobi vulqoni harakatga kelib, 8 ming metrlik kul ustunini hosil qildi. Ta’kidlanishicha, yaqin atrofdagi qishloqlarni kul qoplagan, Bali aeroportida bir qator xalqaro reyslar bekor qilingan.
Indoneziya geologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon uch marta otilgan — payshanba kuni kechqurun bir marotaba va juma kuni ikki marotaba. 21 mart kuni vulqon krateridan qalin kulrang bulutlar ko‘tarilib turgani kuzatilgan.
Aviakompaniyalar vulqondan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan Bali va Avstraliya o‘rtasidagi bir qancha reyslarni bekor qilgan. Xususan, ularning oltitasi Jetstar’ning Avstraliyaga amalga oshiradigan reyslari bo‘lsa, bittasi Air Asia’ning Kuala-Lumpurga reysi edi.
Hukumat vulqon otilish xavfining eng yuqori darajasini e’lon qilgan va unga 7-8 kilometr radiusda yaqinlashishni taqiqlagan. Indoneziya tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligining ma’lum qilishicha, mahalliy hukumat 14 kunlik favqulodda holat e’lon qilgan.
Qayd etilishicha, jami 4,7 ming kishi evakuatsiya qilingan. Mahalliy aholiga ko‘ra, plantatsiyalarda ishlayotgan odamlar orasida kuldan kuyish jarohatini olganlar bor. Aholi yaqin kunlar davomida ogoh bo‘lishga chaqirilgan, chunki kuchli yomg‘irlar vulqon ko‘chkilarini keltirib chiqarish mumkin.
Noyabr oyida balandligi 1703 metrni tashkil etuvchi mazkur vulqonning otilishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan va yana o‘nlab odamlar jarohat olgandi. 130 ga yaqin faol vulqonga ega Indoneziya Tinch okeani olovli halqasida joylashgan bo‘lib, u Yerdagi eng geologik faol hudud hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda
Jahon | 01:36
-
AQSh «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratadi
Jahon | 00:33
-
Olimlar nima uchun odamlarda erta bolalik xotiralari yo‘qligini tushuntirdi
Fan-texnika | 00:10
-
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:55 / 22.03.2025
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

21:03 / 12.03.2025
Indoneziyadagi qamoqxonadan 50 dan ortiq mahbus qochib ketdi

16:35 / 07.02.2025
Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun O‘zbekistonda “Umra plyus” turpaketi yo‘lga qo‘yiladi

18:52 / 09.01.2025