Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pxenyan yangi turdagi zenit-raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi
Sinovlarni KXDR yetakchisi Kim Chen In kuzatib bordi va ixtirochilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
KXDR yangi zenit-raketa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Koreya Markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, sinovda mamlakat rahbari Kim Chen In ham ishtirok etgan.
«KXDRning Raketasozlik bosh boshqarmasi 20 mart kuni eng yangi zenit-raketa tizimining kompleks jangovar xususiyatlarini tekshirish uchun sinov uchirishini o‘tkazdi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tegishli mudofaa sanoati korxonasi tomonidan ushbu tizimni seriyali ishlab chiqarish boshlangan.
Agentlikning qayd etishicha, sinov jarayoni tizimning «tezkor jangovar reaktivligi ustunligi» hamda uning ishonchliligini tasdiqlagan.
Sinovlarni KXDR yetakchisi Kim Chen In bevosita kuzatib borgan. U Shimoliy Koreya armiyasi «ajobiy jangovar xususiyatlarga ega navbatdagi muhim mudofaa quroli bilan ta’minlanishini» ma’lum qilib, ixtirochilarga minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida Kim Chen In KXDR yadroviy qalqonini mustahkamlashni buyurgandi. Uning aytishicha, yadroviy materiallar ishlab chiqarish rejasini yanada oshirish va «mamlakatning yadroviy qalqonini mustahkamlashda novatorlik natijalariga erishish» kerak.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026