YeI xodimlarining maoshi uch yilda yetti marta oshirildi - OAV
Maosh oshishidan Yevrokomissiya a’zolari ham foyda ko‘rmoqda. Xususan, komissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning bazaviy maoshi 2700 yevroga oshadi.

Foto: REUTERS
Aprel oyidan boshlab Yevropa Ittifoqi institutlarining taxminan 66 ming xodimining maoshi oshiriladi. Bild nashrining yozishicha, bu 2022 yil boshidan beri ularning yettinchi marotaba maoshi oshirilishi hisoblanadi.
Maoshlarni bu safargi oshirish 2024 yil uchun qo‘shimcha to‘lovlarning «qoldiqlari» sifatida 1,2 foizni tashkil etadi (7,3 foizli asosiy qo‘shimcha haq allaqachon to‘langan).
Shuningdek, «yevrokratlar» uchun minimal bazaviy maosh ham oshadi – hatto soliqqa tortilmaydigan qo‘shimchalar hisobga olinmagan holda ham u 3361 yevrodan 3645 yevroga ko‘tariladi. Maksimal maosh esa 23 262 yevrodan 25 229 yevroga oshadi.
Ta’kidlanishicha, maosh oshishidan Yevrokomissiya a’zolari ham foyda ko‘radi. Xususan, komissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning bazaviy maoshi 2700 yevroga oshib, oyiga taxminan 34 800 yevroni tashkil etadi. Yevrokomissarlar esa avvalgidan 2200 yevroga ko‘proq – taxminan 28 400 yevro oladi.
Nashrning yozishicha, Yevroittifoq amaldorlari maoshlarini hisoblash mutlaqo shaffof bo‘lmagan formula asosida amalga oshiriladi. Nazariy jihatdan, hisob-kitobga Bryussel va Lyuksemburgdagi inflatsiya darajasi hamda YeI davlatlaridagi davlat xizmatchilarining ish haqi dinamikasi kiritiladi. Odatda, maoshlar yiliga bir marta oshiriladi, biroq so‘nggi yillardagi yuqori inflatsiya tufayli bu tartib o‘zgargan va endi maoshlar har olti oyda oshirilmoqda.
Mavzuga oid

17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

14:59 / 21.03.2025
Yevropa Ittifoqi mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi

09:59 / 21.03.2025
Orban YeIning barcha 27 davlatining Ukraina bo‘yicha deklaratsiyasini blokladi

10:51 / 20.03.2025