Prezidentga Toshkentni Samarqand va Andijon bilan bog‘lovchi muqobil yo‘l loyihalari haqida axborot berildi
Transport vaziri mazkur loyihalar holati bo‘yicha taqdimot qildi. Geodeziya ishlarini jadallashtirib, yo‘llar hududini tayyorlash, qurilishga mablag‘ va pudratchilarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga avtomobil yo‘llari qurish loyihalarining borishi to‘g‘risida axborot berildi.
Qayd qilinishicha, mamlakatda 184 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘li bor. Tahlillarga ko‘ra, xalqaro ahamiyatga ega yo‘llarning 25 foizi katta yuklamada ishlayapti. Masalan, kuniga 32 ming avtomobilga mo‘ljallangan “Toshkent – Samarqand” yo‘lida 45 mingta transport qatnayapti. Tirbandlik sababli ba’zan bunga 6 soatgacha vaqt ketyapti. 2030 yilga borib harakat jadalligi 80 mingdan oshishi mumkin.
Toshkentdan Samarqandga va Andijonga eltuvchi muqobil yo‘llar qurish ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” yo‘li loyihalashtirildi. Yanvarda uni qurish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, qisqa vaqtda unga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi. Umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkent bilan Andijon orasidagi qatnov vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirish imkonini beradi.
Yana bir loyiha Toshkent bilan Samarqandni bog‘lovchi qo‘shimcha yo‘l qurishga qaratilgan. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida uning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan. Bu yangi yo‘lning uzunligi 300 kilometr atrofida bo‘ladi. Uning natijasida Toshkent bilan Samarqand o‘rtasida qatnov vaqti 4,5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi. Hozirgi mavjud yo‘lda tirbandlik ancha kamayadi.
Ta’kidlanishicha, bu yangi yo‘llar barcha zamonaviy talablarga javob beradigan, muqobil va qulay bo‘ladi. Ularda haydovchi va yo‘lovchilar uchun turli pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Bunyodkorlik jarayonida mahalliy qurilish korxonalari ham qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Transport vaziri mazkur loyihalar holati bo‘yicha taqdimot qildi. Geodeziya ishlarini jadallashtirib, yo‘llar hududini tayyorlash, qurilishga mablag‘ va pudratchilarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Serbiya prezidenti urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga keldi
Jahon | 14:05
-
Hindistonda yo‘lovchi samolyot quladi
Jahon | 14:03
-
🔴 LIVE: AQShdagi mojaro, G‘azodagi qamal va Isroilga sanksiyalar – “Geosiyosat” muloqoti
Jahon | 14:02
-
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston | 13:50
Mavzuga oid

23:57 / 11.06.2025
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin

21:27 / 11.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi

17:35 / 11.06.2025
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov

16:09 / 11.06.2025