Qozog‘istonda ilk g‘alaba, Norvegiya Isroilga 4 ta gol urdi. Yevropada kun o‘yinlari

Seshanba oqshomida Yevropada JCh-2026 saralash bosqichi doirasida yana uchta guruhda ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
I guruh
Dirijyor Edegor
Isroil — Norvegiya 2:4
Gollar: Abu Fani (55), Turgeman (90+3) — Volf (39), Syorlot (59), Ayyer (65), Holand (83).
Isroil: Perets, Goldberg (Revivo 46), Shlomo, Naxmias, Abada (Dasa 61), Glux, Solomon, Jobir (Abu-Fani 46), Perets (Biton 61), Perets (Xalayli 78), Turjyeman.
Norvegiya: Nyuland, Volf (Gregersen 90), Heggem, Ayyer, Ryuerson, Berg (Yonsen 75), Berge, Edegor (Pedersen 90+1), Skellerup (Dennum 61), Syorlot (Heuge 74), Holand.
Ogohlantirishlar: Naxmias (82) – Heggem (31), Syorlot (72)
Agar golli vaziyatlar soniga qaralsa, Isroil birinchi turda norvegiyaliklardan beshta javobsiz gol qabul qilib olgan Moldovaning ahvoliga tushishi mumkin edi. Skandinavlarning ilk hujumiyoq xavfli tus oldi, ammo Syorlotning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga bordi. Keyin «Bavariya» darvozaboni Perets katta sahnaga chiqdi, uni hatto Holand ham dog‘da qoldira olmadi, holbuki Erling bir necha bor gol urmaslik qiyin bo‘lgan pozitsiyalardan turib hujum qilgandi. Faqat bo‘lim oxirlariga borib Edegorning ajoyib pasidan keyin himoyachi Myoller Volf nozik harakat bilan to‘pni darvozabonning yonidan o‘tkazib hisobni ochdi.
Syorlot yana bir bor ustunni nishonga olishi bilan boshlangan ikkinchi bo‘lim davomida isroilliklar ma’lum vaqtga tashabbusni qo‘lga olishdi. Solomonning ayyorona zarbasini darvozabon Nyulann qaytardi, ammo biroz o‘tib Abu Fani rikoshet yordamida qatorasiga ikkinchi o‘yinda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bu esa aks ta’sir ko‘rsatib, vikinglarni uyg‘otib yubordi va ular raqib mudofaasini yanchib tashladi. Burchak zarbasi ijro etilganida baland bo‘yli Syorlot to‘pga sakramasdan ham bosh bilan darvozani ishg‘ol etdi, uchinchi golni urgan Ayyerga esa rikoshetlar seriyasi yordam berdi.
Keyin esa Holand milliy jamoa safidagi yubiley — qirqinchi golini nishonladi. Erling o‘z uslubida himoyachilar ortida ochildi, uni shu kuni assistlar bo‘yicha het-trik qayd etgan Edegor golli pas bilan ta’minladi. «Arsenal» sardori Moldovaga qarshi o‘yinda ham uchta golda o‘z hissasini qo‘shgandi. «Manchester Siti» forvardi esa milliy jamoa safidagi bu natijaga 41 o‘yinda erishdi, lekin bu terma jamoalar safidagi faqat ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich. Tezkorlik bobida afsonaviy Gerd Myuller oldinda, unga dastlabki 40 gol uchun 33 o‘yin yetarli bo‘lgan. So‘nggi yillarda katta turnirlardan chetda qolayotgan Norvegiya esa bu safar saralash bosqichini qatorasiga ikki g‘alaba bilan boshladi.
Moldova — Estoniya 2:3
Gollar: Nikolaesku (67), Kaymakov (90+1) — Peyetson (19), Sappinen (30), Kyyat (70).
Millatlar Ligasida juda yaxshi taassurot qoldirgan va S divizioniga ko‘tarilgan Moldova JCh saralashida Norvegiyaga qarshi 0:5 hisobidan keyin o‘ziga kela olmadi. Ozarboyjonni quyi ligaga jo‘natgan estonlar bilan o‘yin boshidayoq muammolar yuzaga keldi. Beshinchi daqiqadayoq Kojokaru «so‘nggi umid foli» uchun maydondan chetlatildi. Keyin rikoshet mezbonlar darvozaboniga qiyinchilik tug‘dirdi va u qaytargan to‘p raqib futbolchisining oyog‘iga borib tushdi. Mezbonlarning omadsizligi shundan keyin ham davom etdi va bo‘lim o‘rtalaridan o‘tganda Sappinen kornerdan to‘pni darvozabon hududiga yetkazib berdi, ammo darvozabon to‘pni faqat chiziqni kesib o‘tganidan keyin egallab oldi. Ikkinchi bo‘limda esa «10 ga 10» formatida (ikkinchi ogohlantirish uchun Palumets chetlatildi) moldovanlar yulduzi Nikolaesku hisobni qisqartirdi, ammo biroz o‘tib Boltiqbo‘yi jamoasi uchinchi golni ham urdi va amalda o‘yin masalasi hal bo‘ldi.
6 iyun. Norvegiya – Italiya, Estoniya – Isroil
9 iyun. Italiya – Moldova, Estoniya – Norvegiya
J guruh
Lixtenshteyn — Qozog‘iston 0:2
Gollar: Samorodov (42), Marochkin (45).
Qozog‘iston kutilgan g‘alabaga erishdi, ammo kamtarona Lixtenshteyn ustidan qozonilgan g‘alabani oddiy deb bo‘lmaydi. Turnir o‘yinlarida osiyoliklar so‘nggi bor 2023 yil noyabrida San-Marinoga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongandi. Seshanba oqshomida esa birinchi bo‘lim oxirida «Axmat» vakili Samorodov uzoq kutilgan g‘alabani ta’minladi.
Ushbu futbolchi birinchi turda Uelsga qarshi o‘yinda qo‘pollik uchun chetlatilishi (u raqibning oyog‘iga butsasining tag qismi bilan zarba bergan, VAR uni chetlatishni so‘ragan, ammo bosh hakam bunga qo‘shilmagandi) va bugungi o‘yinda qatnashmasligi ham mumkin edi. O‘yin qahramoni avvaliga Bistrovning uzatmasidan keyin o‘zi uchun odatiy bo‘lmagan tarzda bosh bilan gol urdi, bo‘lim oxirida esa Samorodov standartdan oshirgan to‘pni himoyachi Marochkin darvoza to‘riga yo‘lladi.
Shimoliy Makedoniya — Uels 1:1
Gollar: Miovski (90+1) — Bruks (90+6).
Guruhdagi yana bir uchrashuv esa so‘nggi daqiqalargacha muxlislarni ekranlardan uzoqlashmaslikka majbur qildi. Durang tomon ketayotgan o‘yinni hakam tomonidan qo‘shib berilgan dastlabki daqiqada tajribali Allen yondirib yubordi. Faxriy futbolchi juda oddiy vaziyatda to‘pni o‘z darvozasiga yetkazib berishda xato qildi va Miovski yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, hisobni ochdi. Ammo hozirgi Uels bosh murabbiyi Kreyg Bellami kabi ishtiyoq bilan o‘ynamoqda. Britaniyaliklar taslim bo‘lmadi va qo‘shib berilgan so‘nggi oltinchi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. To‘p jarima maydoniga yetkazib berilganida Mur havoda kurashda ustun keldi va to‘p hisobni tenglashtirgan Bruksga borib tushdi.
6 iyun. Uels – Lixtenshteyn, Shimoliy Makedoniya – Belgiya
9 iyun. Qozog‘iston – Shimoliy Makedoniya, Belgiya – Uels
L guruhi
Chernogoriya — Farer orollari 1:0
Gol: Kuch (90+6).
Gibraltar — Chexiya 0:4
Gollar: Cherni (21), Shik (50), Shuls (72), Kliment (90+5).
Yakuni hissiyotlarga boy bo‘lgan yana bir uchrashuv Chernogoriyada bo‘lib o‘tdi, u yerda ham qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada Kuch rikoshetlar seriyasidan keyin mezbonlarga g‘alaba keltirdi. Shunday qilib, Bolqon jamoasi Gibraltarni osonlik bilan mag‘lub etgan Chexiyani oldinga o‘tkazib yubormadi, chexlar yirik hisobda g‘alaba qozongan o‘yinda gollardan biri jamoaning eng yaxshi to‘purari Patrik Shik tomonidan urildi. Chexlar va chernogoriyaliklar ayni vaqtda oltitadan ochko to‘plagan holda guruhni boshqarmoqda, ammo yozda guruh favoriti Xorvatiya o‘yinlarga qo‘shiladi.
6 iyun. Chexiya – Chernogoriya, Gibraltar – Xorvatiya
9 iyun. Xorvatiya – Chexiya, Farer orollari – Gibraltar
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
Mavzuga oid

11:46 / 28.03.2025
«Barsa» yirik g‘alabaga erishdi va yana «Real»dan uzoqlashdi

16:05 / 26.03.2025
4 yo‘llanmaga 9 da’vogar. Osiyoda mundial saralashidagi vaziyat

11:34 / 26.03.2025
Timur Kapadze: «Durang adolatli natija bo‘ldi»

23:06 / 25.03.2025