NATO bosh kotibi Putinga bosqinga qarshi «qaqshatkich javob» va’da qildi
NATOning bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya tomonidan Polsha yoki alyansga a’zo boshqa biror davlatga qilingan har qanday hujumga aniq va keskin javob berilishini ma’lum qildi.

Foto: TVN24
U Rossiyani agressiyadan tiyilishga chaqirdi va «agar kimdir xatoga yo‘l qo‘yib, Polshaga yoki ittifoqdoshlarimizdan biriga qilingan hujum jazosiz qolishiga ishonsa, u NATOning butun salohiyatiga duch keladi. Javobimiz halokatli bo‘ladi. Bu Vladimir Putinga va bizga hujum qilishga jur’at qiladigan barcha uchun aniq-tiniq bo‘lishi kerak», — deya Ryuttening Varshavada Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanidan iqtibos keltirmoqda Associated Press.
NATO bosh kotibi shuningdek, AQShning NATO Ustavining 5-moddasida belgilangan jamoaviy xavfsizlik kafolatlariga sodiqligidan mutlaqo ishonchda ekanini bildirdi. «Ijozat bersangiz, anig‘ini aytay: hozir Yevropa yoki Shimoliy Amerika uchun alohida harakat qilish vaqti emas. Zamonaviy global xavfsizlik tahdidlari shunchalik jiddiyki, ularni ayri holda yechib bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi u.
Ryuttening ta’kidlashicha, iyun oyida Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti transatlantik ittifoq tarixida yangi bosqichni boshlab beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans tahdidlarga qarshi samarali kurash olib borish uchun «ko‘proq kuchli, adolatli va ajalvor» bo‘lishi kerak. Ryutte sammitda mudofaa xarajatlari bo‘yicha yangi, yanada ambitsiyali maqsadlar belgilash rejalashtirilayotganini bildirdi. Ayni paytda NATOga a’zo 23 davlat harbiy budjetlariga yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini ajratish bo‘yicha standartga amal qilmoqda. Ammo Ryuttega ko‘ra, yangi maqsad «ancha yuqori bo‘lib, 3 foizdan yuqori bo‘lishi» mumkin.
Fevral oyida Daniya harbiy razvedkasi Yevropa kelgusi besh yil ichida «keng ko‘lamli urush»ga duch kelishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Idoraning baholashicha, agar Rossiya NATOni harbiy yoki siyosiy jihatdan zaif deb hisoblasa, alyans davlatlariga qarshi kuch ishlatishga qaror qilishi mumkin.
Bundan avvalroq, yanvar oyida Yevropa Ittifoqining diplomatik idorasi rahbari Kaya Kallas ham shunday ogohlantirish bilan chiqqan. Unga ko‘ra, Rossiya 2028 yilga kelib YeI a’zosi bo‘lgan mamlakatlardan biriga hujum qilishi mumkin. Kallas bu ehtimolni hisobga olgan holda nafaqat mudofaa sohasiga sarmoya kiritish, balki xavf-xatarga tayyor turish lozimligini urg‘ulagan. U Yevropa razvedka xizmatlarining ma’lumotlariga tayanadi, unga ko‘ra Kreml yaqin 3–5 yil ichida YeIning mudofaaga tayyorligini «sinab ko‘rishi» mumkin.
Mart oyi boshida Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) rahbari Bruno Kahl ham shunga o‘xshash fikr bildirgan edi. U Rossiyaning Yevropa davlatlariga hujum qilish rejalari nazariy ssenariyligicha qolaverishidan umid qilayotgani, ammo bunday ssenariyni to‘liq istisno qilib bo‘lmasligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38
-
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35
-
G‘arbiy Yevropa hududidan uchirilgan ilk kosmik raketa parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Jahon | 21:18
Mavzuga oid

22:45 / 28.03.2025
Yevropa Putinning Ukraina bo‘yicha tashabbusini tanqid qildi va uni «harbiy jinoyatchi» deb atadi

22:42 / 28.03.2025
Putin NATOga qarshi katta urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda - Germaniya razvedkasi

21:03 / 28.03.2025
AQSh va Rossiya Arktikada faollashdi: Vens Grenlandiyaga bormoqda, Putin Murmanskda forum o‘tkazdi

19:20 / 28.03.2025