O‘zbekiston | 13:07 / 27.03.2025
7076
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni sezilarli oshdi

2025 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 1,3 mln chet el fuqarosi turistik maqsadda kelgan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37 foizga ko‘p. O‘zbekistonga kelayotgan xitoyliklar soni 2,6 barobarga, turkmanistonliklar soni 2,4 barobarga oshgan. MDH mamlakatlarini hisobga olmaganda, eng ko‘p sayyoh Afg‘onistondan kelyapti.

Foto: Getty images

2025 yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Turistlar tashrifi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar kesimida quyidagicha:

  • Qirg‘iziston – 422 591 nafar (o‘tgan yilning mos davrida 291 112 nafar);
  • Tojikiston – 401 377 nafar (363 410 nafar);
  • Qozog‘iston – 199 048 nafar (155 858 nafar);
  • Rossiya – 90 611 nafar (77 866 nafar);
  • Afg‘oniston – 81 797 nafar;
  • Turkmaniston – 48 871 nafar (20 157 nafar);
  • Turkiya – 22 520 nafar (14267 nafar);
  • Xitoy – 14 062 nafar (5516 nafar);
  • Hindiston – 10 326 nafar (7005 nafar);
  • Koreya Respublikasi – 5 292 nafar (5 460 nafar);
  • boshqa davlatlar – 38 810 nafar.

Mavzuga oid