Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi
Shuningdek, Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanuvchi yangi yo‘nalish tashkil etildi.
Transport vazirligi 28 mart sanasidan boshlab Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qildi. Shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining bu boradagi tegishli buyrug‘i imzolangan.
Qayd etilishicha, amaldagi 190-sonli «Yangibozor AShB — Mashinasozlar metrosi» yo‘nalishi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. So‘ng o‘zining avvalgi yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettiradi.
137-sonli avtobus yo‘nalishi endi Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yo‘li ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi. «Istiqbol mahallasi — Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi» yo‘nalishi nomi «Yangi Toshkent bekati — Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi» deb o‘zgartiriladi.
Bundan tashqari, yangi 197-sonli «O‘zbekiston mehmonxonasi bekati — Yangi Toshkent bekati» yo‘nalishi tashkil etiladi. Ushbu yo‘nalish Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, mart boshida Toshkentda tarovih namozlari sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilgan va bir qator avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirilgan edi.
Mavzuga oid
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026