«Bu bizga emas, Rossiya va Ukrainaga bog‘liq» - AQSh davlat kotibi urushning qachon yakunlanishi haqida
Marko Rubio Rossiya muzokaralarni ataylab cho‘zayotganini tan olishdan bosh tortdi. «Men hech qachon hammasi oson bo‘ladi deb aytmaganman», - dedi u brifingda.

Foto: Getty images
Rossiya–Ukraina urushining qachon yakunlanishi Vashingtonga emas, balki Moskvaga va Kiyevga bog‘liq, dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda.
Rubioning ta’kidlashicha, AQSh tinchlikka erishishga harakat qilmoqda va urushni yakunlash yo‘lida «qancha vaqt talab etilsa, shuncha davom etadi». Davlat kotibi Vashington so‘nggi bir oy ichida urushayotgan tomonlar bilan olib borilgan muzokaralarda qanday natijaga erishgani haqidagi savolga shu tarzda javob qaytardi.
«Bu men sizga kelishuv bir hafta yoki bir oy ichida imzolanadi, deya kafolat bera olishimni anglatmaydi. Men muddatlarni belgilay olmayman, chunki bu bizga bog‘liq emas. Bu ruslar va ukrainlarga bog‘liq. Bu, shuningdek, Yevropadagi hamkorlarimizga ham taalluqli — ular joriy etgan sanksiyalar har qanday yakuniy kelishuvning bir qismi sifatida inobatga olinishi kerak,» — deydi AQSh davlat kotibi.
Rubio RF muzokaralarni ataylab cho‘zayotganini tan olishdan bosh tortdi va Rossiya–Ukraina urushi «murakkab» ekanini boshidanoq aytganini ta’kidladi. «Men hech qachon hammasi oson bo‘ladi, deb aytmaganman. Har ikkala tomon bilan, ayniqsa, biz bir necha yildan beri muloqotda bo‘lmagan Rossiya tomoni bilan katta ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi», — deya ta’kidlaydi Rubio.
Rossiya muzokaralarga «vijdonan» munosabatda bo‘lyaptimi, degan savolga javoban, Rubio Moskva vakillari «uchrashuvlarga kelayotgani, muloqot qilayotgani va takliflar bildirayotgani»ni qayd etdi. «Ular o‘t ochishni to‘xtatishga rozilik bildirmoqda, biroq bu yerda biz tahlil qilishimiz kerak bo‘lgan narsalar bor», — deydi Davlat departamenti rahbari.
AQSh urushni to‘xtatish bo‘yicha Rossiya va Ukraina bilan muzokaralarni fevral o‘rtalarida boshladi. Shundan buyon Donald Tramp Vladimir Putin hamda Volodimir Zelenskiy bilan bir necha marta telefon orqali muloqot qildi, uchala davlat vakillari Saudiya Arabistonida muzokaralar o‘tkazdi.
Rossiya va Ukraina AQShning energetika infratuzilmalariga zarbalar bermaslik taklifiga rozi bo‘ldi. AQSh va Ukraina Qora dengiz bo‘yicha ham sulh tuzishga kelishib olinganini ma’lum qildi. Rossiya esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilariga qo‘yilgan sanksiyalar olib tashlansa va «Rosselxozbank» SWIFT tizimiga ulansagina, bunga rozi bo‘lishini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
Sport | 09:17
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
Mavzuga oid

21:08 / 05.04.2025
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi

12:12 / 05.04.2025
Rubio: Putin bilan tinchlik to‘g‘risida "cheksiz muzokaralar" bo‘lmaydi

08:51 / 05.04.2025
Rossiya Kriviy Rigga yana zarba berdi: kamida 19 kishi halok bo‘ldi

08:38 / 05.04.2025