O‘zbekiston | 11:15 / 28.03.2025
1660
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi.

Foto: Dunyo

"Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov janobi oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik". 

Qayd etilishicha, davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va o‘zaro ishonch O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligini barcha sohalarda chuqurlashtirish, hamkorlik va farovonlikni yanada barqarorlashtirishda mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mavzuga oid