Yaponiyada Fuji vulqoni otilganda ko‘riladigan choralar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
Aholiga vulqon otilgan taqdirda ikki haftalik oziq-ovqat, suv va eng zaruriy buyumlar zaxirasini tayyorlab qo‘yish, shuningdek, imkon qadar uydan chiqmaslik tavsiya qilindi.

Foto: AFP
Yaponiyaliklarga mamlakatdagi eng baland vulqon — Fuji otilgan taqdirda ikki haftalik oziq-ovqat, suv va eng zaruriy buyumlar zaxirasini tayyorlab qo‘yish, shuningdek, imkon qadar uydan chiqmaslik tavsiya qilindi. CNN’ning ma’lum qilishicha, hukumat ko‘rsatmasida keltirilgan ushbu tavsiyalar Tokio universiteti mutaxassislari ishtirokida tayyorlangan.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, Fuji vulqonining kuchli otilishi natijasida 1,7 milliard metr kub kul atmosferaga chiqarilishi, shuning 490 million metr kubi yo‘llar, binolar, dalalar va o‘rmonlarni qoplashi mumkin. Ba’zi joylarda kul qatlami qalinligi 30 santimetrdan oshishi ehtimoli bor.
Agar bu kabi qalinlikdagi kul yog‘ochdan qurilgan binolarni qoplasa, ular qulab tushishi mumkin. Shu sababli mutaxassislar yog‘och uylarda yashovchilarga bunday holatlarda xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinishni tavsiya qilgan. Fuji vulqonining ehtimoliy otilishidan yetadigan zarar hajmi 2,5 trillion iyenaga (16,6 milliard dollar) baholanmoqda.
Hozircha Fuji vulqonining uyg‘onishiga oid hech qanday belgi yo‘q, biroq u faol vulqon hisoblanadi. So‘nggi marta Fuji taxminan 300 yildan ko‘proq vaqt oldin otilgan. Bu hodisa tarixga «Xoey davridagi buyuk otilish» nomi bilan kirgan va 27 kun davom etgan.
Avvalroq Havayida 2024 yil oxirlarida harakatga kelgan Kilauea vulqonining otilishi davom etayotgani, 25 mart kuni vulqon lavalari 200 metrdan ortiq balandlikka otilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi
Jahon | 20:44
-
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi
Jahon | 20:35
-
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
Jahon | 20:26
-
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi
Jahon | 20:24
Mavzuga oid

21:50 / 31.03.2025
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda

20:45 / 27.03.2025
Olimlar tug‘ma karlikni davolash usulini topdi

08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi

20:43 / 24.03.2025