"Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholaş va strategik ekologik baholaş töğrisida"gi qonun joriy yilning 25 avgustidan boşlab kuçga kiradi.
Uşbu hujjat bilan quyidagi yangi tartiblar joriy etilmoqda:
– har bir tadbirkor ekologik ekspertiza uçun materiallarni topşirib, bir neça bosqiçda xulosa olişi mumkin bölgan yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi yaratiş;
– strategik ekologik baholaş institutini joriy etiş. Bu alohida loyihalar bilan birga muhim davlat dasturlari, konsepsiyalar va şaharsozlik hujjatlarini qamrab oladi. Bu qadam rejalaştiriş bosqiçida ehtimoliy ekologik xatarlarni hisobga olişga va atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni minimallaştirişga imkon beradi;
– doimiy faoliyat yurituvçi Ekspertlar kengaşi taşkil etiş.
"Kengaş davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining xolisligi va asoslanganligini ta’minlaş, ekspertiza bölinmalariga kelib tuşgan murojaatlarni körib çiqiş, şuningdek, ekspertizani ötkaziş bilan boğliq muammoli va bahsli masalalarni hal etişga qaratilgan", – deyiladi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi saytida e’lon qilingan şarhda.
Şuningdek, mazkur qonun ekologik ekspertiza muddatlarini qisqartirişni nazarda tutadi. Bu loyihalarni amalga oşirişni tezlaştirişga va ularni bajariş xarajatlarini kamaytirişga imkon beradi.
Davlat ekologik ekspertiza xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuçga ega böladi:
– atrof-muhitga ta’sirni baholaş materiallari böyiça – xulosa berilgan kundan boşlab uç yil davomida;
– ekologik normalar loyihalari böyiça – xulosa berilgan kundan boşlab beş yil davomida.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholaş va strategik ekologik baholaş sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.












