Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi
Slovakiyaga kelgan markaziy osiyolik ishchilarning ko‘pi boshqa Yevropa davlatlariga o‘tib ketdi, bu noqonuniy migratsiyaga hissa qo‘shmoqda, dedi Slovakiya rasmiylari.
O‘zbekiston delegatsiyasi Slovakiyaning qator rasmiy idoralari, xususan, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Mehnat, ijtimoiy masalalar va oila vazirliklari mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Asosiy e’tibor qonuniy migratsiyani qo‘llab-quvvatlash, Slovakiyadagi bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb qilish, ishchi vizalarining chiqish muddatlarini qisqartirish kabi masalalarga qaratildi.
Slovakiya tomoni o‘tgan yili Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun jami 3000 ta kvota ajratilgani, biroq tez orada ko‘pchiligi Slovakiyani tark etib, Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga o‘tib ketganini alohida ta’kidlandi. Bu noqonuniy migratsiyaga hissa qo‘shishi bildirildi.
Shu kabi masalalarga yechim sifatida migratsiya oqimini raqamlashtirish ustida birgalikda ishlashga, O‘zbekiston uchun kvotalarni alohida belgilashga kelishib olindi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida migratsiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan Hukumatlararo bitim loyihasi ishlab chiqilishi va tez orada ijobiy qarorlar qabul qilinishiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026