Inklyuzivlik bo‘yicha munozara: Fransiya AQShning aralashuvini qoraladi
Fransiya tashqi savdo vazirligi AQSh elchixonasi fransuz kompaniyalariga inklyuzivlikdan voz kechishni talab qilib maktub yo‘llaganidan keyin «Amerika aralashuvini» qoraladi, deb xabar berdi Franceinfo va AFP.

Foto: Boris Horvat/AFP
Fransiya tashqi savdo vazirligi AQShning Parijdagi elchixonasi fransuz kompaniyalariga xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik siyosatidan zudlik bilan voz kechish talab qilingan xat yuborganidan so‘ng «Amerika aralashuvini» qoraladi. «Amerikaning fransuz kompaniyalarining inklyuzivlik siyosatiga aralashuvi, masalan, asossiz bojxona to‘lovlarini kiritish tahdidi qabul qilinishi mumkin emas», deyiladi Franceinfo radiosi va AFP agentligi tomonidan 29 mart, shanba kuni chop etilgan bayonotda.
«Fransiya va Yevropa o‘z kompaniyalari, iste’molchilari va qadriyatlarini himoya qiladi», — deyiladi hujjatda.
Trampning farmoniga iqtibos keltirilgan maktub
Avvalroq, Fransiya ommaviy axborot vositalarida, xususan, Le Figaro gazetasida Oq uy rahbari Donald Trampning «noqonuniy kamsitishlarga barham berish va kasbiy imkoniyatlarni tiklash» haqidagi 14173-sonli farmoniga iqtibos keltirgan holda AQShning Parijdagi elchixonasi maktubi paydo bo‘lgan edi. Xabarda Trampning hujjati qaysi davlatda faoliyat yuritishidan qat’i nazar, AQSh hukumatining barcha yetkazib beruvchi va pudratchilariga taalluqli bo‘lishi nazarda tutilgan.
Maktubda, shuningdek, fransuz kompaniyalari besh kun ichida javob berishi kerakligi aytilgan. Agar rad javobi berilsa, firmalar batafsil tushuntirishlar berishi kerak, keyin esa AQSh yuridik organlariga yuboriladi, deyiladi hujjatda.
Bu AQSh hukumati bilan tijorat shartnomasi tuzgan kompaniyalar diskriminatsiyaga qarshi barcha qoidalarni buzishi kerakligini anglatardi, deb ta’kidladi Franceinfo.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 23:09
-
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
Jahon | 23:07
-
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi
Jahon | 22:40
-
17 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:37
Mavzuga oid

21:37
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi

17:01
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?

12:00