Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi
Ariza Oliy sud tomonidan 17 aprelda, yopiq tarzda ko‘rib chiqiladi.
Rossiya bosh prokuraturasi Oliy sudga 2021 yilda Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» harakatining faoliyatini taqiqlashni to‘xtatish talabi bilan murojaat qildi. Ariza Oliy sud tomonidan 17 aprelda, yopiq tarzda ko‘rib chiqiladi, deb xabar berdi «Interfaks».
2024 yil dekabrida Davlat Dumasi tashkilotlarni terrorchi ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Hujjatga ko‘ra, Rossiyada terrorchi deb e’lon qilingan tashkilot faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bosh prokuror yoki uning o‘rinbosarining da’vosiga ko‘ra sud qarori bilan bekor qilish taklif etiladi. Sud qaror qabul qilishi uchun «tashkilot terrorizmni targ‘ib qilish, oqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatini to‘xtatganligi to‘g‘risida ma’lumotlar» bo‘lishi kerak.
Rossiya rasmiylari so‘nggi yillarda «Tolibon»ni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish rejalari haqida bir necha bor gapirgan. Xususan, 2021 yil oktabr oyida — AQSh Afg‘onistonni allaqachon tark etib, «Tolibon» mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng — Rossiya prezidenti Vladimir Putin harakatni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish qaroriga yaqinlashayotganini, biroq buni birinchi navbatda BMT Xavfsizlik Kengashi qilishi kerakligini aytgan edi.
«Tolibon» terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan va faoliyati taqiqlangan bo‘lsa-da, Rossiya hukumati u bilan muntazam aloqalarni o‘rnatgan.Rossiya, Afg‘oniston, Tolibon
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026