Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh butun dunyo davlatlariga qarshi tariflar joriy qilmoqchi - Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp joriy hafta e’lon qilmoqchi bo‘lgan javob bojlari butun dunyo mamlakatlarini qamrab oladi. Hattoki bojlar kiritiladigan aniq sana ham ma’lum, deb yozmoqda Reuters.
Tramp bu haqda 2 aprel kuni e’lon qilishni va’da qilmoqda, boz ustiga yangi keng ko‘lamli tariflar rejasini «Ozodlik kuni» deb atagan. Birinchi raqamli bort sahnida jurnalistlar bilan suhbatda u shunday dedi:
«Biz barcha mamlakatlardan boshlaymiz. Gap biz tilga olib turgan barcha davlatlar haqida ketmoqda».
Reutersʼning qayd etishicha, Tramp bojlarni ichki iqtisodni adolatsiz global raqobatdan himoya qilish vositasi va AQSh uchun yaxshiroq shartlarni qo‘lga kiritish uchun ko‘zir qarta sifatida ko‘radi. Biroq ushbu siyosat jahon bozorlarida savdo urushi xavfini kuchaytirmoqda va AQSh iqtisodiyotida retsessiyadan cho‘chish kayfiyatini paydo qilmoqda.
Trampning ta’kidlashicha, u AQSh eksportiga boj qo‘llayotgan davlatlarga mutanosib javob tarifi joriy qiladi.
Bu vaqtda Xitoy OAVlari xabar berishicha, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya AQSh tomonidan ularga nisbatan joriy qilingan bojlarga birgalikda javob qaytarish yuzasidan kelishuvga erishgan.
https://www.reuters.com/markets/us/trump-says-reciprocal-tariffs-will-target-all-countries-2025-03-31/
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026