AQSh Milliy xavfsizlik kengashining qator yuqori martabali amaldorlari lavozimdan olindi
Lavozimdan olingalar orasida texnologiya va milliy xavfsizlikka mas’ul katta direktor Devid Feyt ham bor.

Foto: Getty images
AQSh Milliy xavfsizlik kengashining bir nechta yuqori martabali amaldori 3 aprel kuni egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Vaziyatdan xabardor uch kishining so‘zlariga ko‘ra, payshanba kuni ertalab Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining bir nechta direktori lavozimdan bo‘shatilgan», — deyiladi xabarda.
Agentlik manbalari mas’ullarning ishdan bo‘shatilishiga nima sabab bo‘lganini aytmagan, ammo ikki suhbatdosh mazkur holatni xodimlarga nisbatan tekshiruv natijalariga bog‘lagan. Ta’kidlanishicha, lavozimdan olingalar orasida texnologiya va milliy xavfsizlikka mas’ul katta direktor Devid Feyt ham bor.
So‘nggi bir necha hafta ichida Donald Tramp jamoasi faoliyati bilan bog‘liq bir nechta mojaro yuz berdi. Ikkita voqea AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols bilan bog‘liq. Avvaliga u Yamandagi husiylarga beriladigan zarbalarga oid maxfiy ma’lumotlar tarqalib ketishiga aralashib qoldi, keyin esa uning yordamchilari harbiy masalalarni muhokama qilishda Gmail pochta manzilidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Shundan keyin OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ma’muriyatdagi ayrimlar uning iste’fosini talab qilgan.
Avvalroq Mayk Uols Signal messenjeridan Rossiya—Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal etish masalasini muhokama qilishda ham foydalangani ma’lum bo‘lgan edi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
-
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
O‘zbekiston | 19:09
-
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
O‘zbekiston | 19:00
-
Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46