NATO Ukrainaga harbiy yordam miqdorini e’lon qildi
AQSh prezidenti Trampning siyosati Kiyev urushda omon qolishi uchun zarur bo‘lgan yordamni olishiga shubha uyg‘otdi. NATO bu yil Ukraina olishi kerak bo‘lgan aniq miqdorni e’lon qildi.

Foto: Dursun Aydemir/Anadolu/picture alliance
Rossiya tomonidan harbiy agressiyaga uchragan Ukraina, AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik tashabbuslariga qaramay, bundan keyin ham NATO tomonidan harbiy yordam taqdim etilishiga ishonishi mumkin. «Joriy yilning dastlabki uch oyida ittifoqchilar allaqachon Ukrainaga 2025 yilda 20 milliard yevrodan ortiq xavfsizlik yordami ko‘rsatishga va’da berishgan», — dedi NATO bosh kotibi Mark Ryutte 2 aprel, chorshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Ryutte Visbadendagi qo‘mondonlik orqali harbiy yordamni muvofiqlashtirish davom etishini tasdiqladi. «Rossiya tomonidan tahdid saqlanib qolmoqda», dedi u.
O‘tgan yili ittifoqchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 12 oy davomida 50 milliard yevroga yaqin mablag‘ yig‘ishdi, biroq Trampning tinchlik tashabbusi AQSh Kiyevni o‘t ochishni to‘xtatishga majburlash uchun harbiy yordamni keskin qisqartirishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi.
Shunga qaramay, AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etmoqda. Ular faqat yil boshida buni qisqa muddatga to‘xtatib qo‘ydi.
So‘nggi yangiliklar
-
BMT Rossiyaning Kriviy Rigga hujumini keskin qoraladi
Jahon | 13:49
-
Germaniyada O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha memorandum imzolandi
O‘zbekiston | 13:38
-
G‘azoni bo‘laklarga bo‘layotgan Isroil, Amerikada Trampga qarshi namoyishlar va bojlar oshirilishiga qarshi chiqqan Ilon Mask - kun dayjesti
Jahon | 13:37
-
Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

10:47
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

08:40
Zelenskiy: Hujumlar ko‘payganini hisobga olsak, Rossiyaga bosim yetarli emas

17:59 / 06.04.2025
Kiyev raketalar hujumiga uchradi

08:51 / 06.04.2025