Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Tu-22M3 strategik raketa tashuvchi harbiy samolyot halokatga uchradi
2025 yil 2 aprel kuni Irkutsk oblastida Tu-22M3 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, to‘rt nafar uchuvchidan iborat ekipaj katapultadan foydalangan, ammo ulardan biri halok bo‘lgan.
«2025 yil 2 aprel kuni Irkutsk oblasti hududida rejali parvozni amalga oshirayotgan Tu-22M3 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot ekipaji tarkibidagi to‘rt kishi katapultadan foydalanishga ulgurgan. Ekipaj komandirining ma’lumotiga ko‘ra, yerga tushish chog‘ida bir nafar uchuvchi halok bo‘lgan», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan, deb ma’lum qildi Irkutsk oblasti gubernatori Igor Kobzev. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Boxan rayonidagi Buret qishlog‘i yaqinida yerga qulagan.
Samolyot qulash chog‘ida elektr uzatish liniyalarini shikastlagan. Buning oqibatida yaqin atrofdagi ikki posyolkada elektr ta’minoti uzilgan.
Tu-22M3 — g‘arbda Backfire nomi bilan tanilgan, qanot geometriyasi o‘zgaradigan, Sovet Ittifoqi davrida yaratilgan tovushdan tezuchar bombardimonchi. U yadroviy qurol va qanotli raketalar tashish qobiliyatiga ega bo‘lib, Rossiyaning strategik aviatsiyasida muhim o‘rin tutadi. Bunday samolyotlarning bir donasi 330 mln dollarga baholanadi.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda ushbu turdagi samolyotlar bir necha bor halokatga uchragan. Xususan, 2024 yil avgust oyida xuddi shu mintaqa hududida shunday samolyot havoda dvigateli yonib ketishi natijasida qulagan edi. O‘shanda ham to‘rt nafar uchuvchi katapultadan foydalanganidan keyin sog‘-salomat topilgandi.
Bugungi voqea Tu-22M3 samolyotlarining ishonchliligi haqidagi savollarni yanada keskinlashtirmoqda. Chunki bu turdagi uchoqlarning ko‘pchiligi 40 yildan ziyod vaqt mobaynida foydalanishda.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025