Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axios: Netanyahu G‘azo va tariflarni muhokama qilish uchun AQShga tashrif buyuradi
Binyamin Netanyahuning Vashingtonga tashrifi 7 aprelda amalga oshishi mumkin, deya xabar beradi Axios manbalarga tayanib.

Foto: AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan shaxsan uchrashib, import bojlarini olib tashlash bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Amerikaning Axios axborot portali 5 aprel, shanba kuni vaziyatdan xabardor to‘rt manbaga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyahuning Vashingtonga tashrifi 7 aprel, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. AQSh Isroil importiga qo‘yadigan bojlardan tashqari, yetakchilar G‘azodagi vaziyat va AQSh-Eron yadroviy kelishuvini muhokama qilishi kutilmoqda.
Isroil bosh vaziri tez orada AQShga kelishini bir kun avval Donald Trampning o‘zi tasdiqlagan edi. 4 aprel, juma kuni u prezidentning Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarga Xalqaro jinoiy sud hibsga olishga order berganiga qaramay, o‘sha paytda Budapeshtga tashrif buyurgan Netanyahu va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali gaplashganini aytdi. Liderlar Vengriyaning Xalqaro jinoiy suddan chiqishini muhokama qildilar va tariflar masalasiga to‘xtaldilar. Shundan so‘ng Tramp Netanyahuni bu masalani shaxsan muhokama qilishga taklif qildi, biroq aniq sanani belgilamadi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
-
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

10:17
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi

22:29 / 09.08.2025
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ

20:36 / 09.08.2025
Eron Zangezur yo‘lagini AQSh nazoratiga o‘tkazmaslikka va’da berdi

17:39 / 09.08.2025