Eron armiyasi jangovar shay holatga keltirildi - Reuters
Tehron qo‘shni davlatlarni agar Eronga hujum borasida Vashingtonga yordam ko‘rsatilsa, bu «jiddiy oqibatlarga olib kelishi»dan ogohlantirgan.

Foto: Getty images
Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy AQSh prezidenti Donald Trampning ehtimoliy hujum to‘g‘risidagi bayonoti fonida mamlakat Qurolli kuchlarini jangovar shay holatga keltirdi, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Ali Xominaiy bunday buyruqni qachon berganiga aniqlik kiritilmagan.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Eron Iroq, Kuvayt, BAA, Qatar, Turkiya va Bahraynga AQShning Eronga hujumini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, amerikalik harbiylar tomonidan ushbu mamlakatlar hududidan (havo makonidan ham) foydalanish «dushmanlik harakati» sifatida baholanishi haqida xabar yuborgan. Eron tomonining ta’kidlashicha, bu ular uchun «jiddiy oqibatlarni» yuzaga keltiradi.
Mart oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga maktub yo‘llab, ikki oy ichida yangi yadroviy bitim tuzish shartini qo‘ygani ma’lum bo‘lgandi. «Agar Eron muzokara qilmasa, bu juda yomon bo‘ladi. Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak. Boshqa variantlar ham bor», degan Amerika rahbari. Keyinroq Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon bunga javob qaytarib, AQSh bilan yadroviy dastur bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni rad etdi, ammo bilvosita aloqalar o‘rnatish imkoniyati borligini ma’lum qildi.
30 mart kuni Tramp NBC News’ga bergan intervyusida Vashington va Tehron Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erisha olmaganini aytdi.
Eronning yadroviy dasturini cheklashni nazarda tutgan bitim 2015 yilda bir qator davlatlar – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Xitoy tomonidan imzolanib, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan edi. 2018 yilda Tramp Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha olingan razvedka ma’lumotlariga asoslanib, AQShni bitimdan bir tomonlama ravishda chiqargan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
Mavzuga oid

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

16:50 / 16.04.2025
Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi marta Trampni tanqid qildi

13:50 / 16.04.2025
WSJ: Maslahatchilar Trampni Rossiyaga yondashuvni kuchaytirishga chaqirmoqda

13:29 / 16.04.2025