Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippindagi Kanlaon vulqoni harakatga keldi
Negros orolining markaziy qismida joylashgan vulqon 4 ming metr balandlikka kul otdi.
Filippindagi Negros orolida Kanlaon vulqoni harakatga keldi. Vulqon joylashgan hududda uchinchi xavf darajasi e’lon qilindi, deb yozmoqda Euronews.
Filippindagi eng qadimiy vulqonlardan biri — Kanlaon yana harakatga keldi. Seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, u 4 ming metr balandlikka kul otgan.
Dengiz sathidan 2465 metr balandlikdagi Kanlaon Negros orolining markaziy qismida joylashgan. O‘tgan yil dekabrda ushbu vulqon otilishni boshlagani sabab atrofdagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan edi.
Shundan buyon Kanlaon hududida uchinchi xavf darajasi saqlanib qolmoqda — bu lava otilishi ehtimoli yuqori ekanini anglatadi. Mutaxassislarning aytishicha, yaqin vaqtlar ichida xavf darajasi o‘zgartirilishi — ko‘tarilishi yoki tushirilishi mumkin. Bu magma yer yuzasi tomon qanday tezlikda harakatlanishiga bog‘liq.
Filippin «Tinch okeani olovli halqasi»da joylashgan. Ushbu hududda vulqonlar faolligi yuqori va tez-tez zilzila sodir bo‘lib turadi.
Avvalroq Havayida 2024 yil oxirlarida harakatga kelgan Kilauea vulqonining otilishi davom etayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uning yangi faollik fazasi 25 mart kuni boshlangan va ertasi kuniyoq vulqon lavalari 200 metrdan ortiq balandlikka otilgan. Shuningdek, aprel boshida Islandiya janubi-g‘arbidagi Reykyanes yarimorolida joylashgan Sundhnukur vulqoni yana faollashgan.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026