Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Shimoliy Koreyada ilk kompyuter o‘yinlari klubini ochib berdi
4 aprel kuni mamlakatdagi ilk kompyuterxona ochildi. Uning ochilishida mamlakat rahbari ham ishtirok etdi.
Shimoliy Koreyadagi ilk kompyuter o‘yinlari klubi poytaxt Pxenyan shimolida joylashgan bo‘lib, u o‘z bag‘riga 300 kishini sig‘dira oladi. O‘yin zallarida qanday kompyuterlardan foydalanilishi hozircha noma’lum. Mamlakat rahbari Kim Chen Inning klubga tashrifi vaqtida olingan suratlarda ham o‘yin zallarida birorta kompyuter ko‘rinmagan.


“Bu poytaxt aholisi va butun mamlakat bo‘ylab odamlarning moddiy va madaniy farovonligini tubdan yaxshilash uchun yangi xizmat ko‘rsatish sohalarini barqaror o‘rganish va kengaytirishga qaratilgan qadamdir”, — deya ta’kidlagan KXDR rahbari Kim Chen In klubga tashrifi chog‘ida.
Mutaxassislar mamlakat hukumati klubdagi o‘yinlar kataloglarini jiddiy nazorat qilishini qayd etmoqda. Ta’kidlanishicha, o‘yinlardagi davlat siyosatiga zid o‘rinlar olib tashlanadi.

NK News nashriga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati bunday klublar orqali yoshlarga ta’sir o‘tkazib, o‘z g‘oyalarini o‘yinlar vositasida targ‘ib qilishi mumkin. Shuningdek, hukumat kompyuter klublaridan kelajakda haker, harbiy dasturchi kabi kasblarni egallashi mumkin bo‘lgan iste’dodli yoshlarni aniqlash joyi sifatida ham foydalanishi ehtimoli bor.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026