Baxtiyor Saidov AQShda davlat kotibi va prezident maslahatchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi Marko Rubio va milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident maslahatchisi Maykl Uolts bilan uchrashdi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSh davlat kotibi Marko Rubio va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha umumiy qarashlarimizni chuqurlashtirish kabi muhim yo‘nalishlar kun tartibimizdan o‘rin oldi», — deb yozdi Saidov Rubio bilan uchrashuv haqida.
Vazir AQShning O‘zbekistondagi islohotlar jarayonlarini qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholadi.
Saidov, shuningdek, Maykl Uolts bilan o‘tkazgan muloqotini «ochiq va samarali» deb atadi.
«Uchrashuvimiz davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga sodiqligimizni tasdiqlagan holda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildik», — dedi O‘zbekiston vaziri.
Kun tartibi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy taraqqiyot, mintaqaviy bog‘liqlik va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish masalalariga qaratildi.
«AQSh prezidenti tomonidan O‘zbekistondagi islohotlar dasturi va mintaqada tinchlik hamda farovonlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlanishini yuksak qadrlaymiz», — deya ta’kidladi tashqi ishlar vaziri.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

23:34 / 04.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi

18:50 / 04.07.2025
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi

13:56 / 04.07.2025
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

10:26 / 04.07.2025