Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi
YTH Pop tumani hududida sodir bo‘lgan: asosiy yo‘ldan ichki yo‘lga qayrilib kirmoqchi bo‘lgan Cobalt o‘z yo‘nalishida kelayotgan YPX mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Cobalt haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan.

2025 yilning 19 fevral kuni ertalab Pop tumani hududida Cobalt va YPX mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga Cobalt haydovchisining yaqinlari ma’lum qildi.
Xizmat mashinasi YPX xodimi Farhod Mamajonov boshqaruvida bo‘lgan. YTH oqibatida Cobalt haydovchisi, 1983 yilda tug‘ilgan Bahrom Dadaboyev og‘ir tan jarohati olgan hamda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
“Shundan beri koma holatida yotibdi, ahvoli og‘ir. Shifokorlar yaqinda ko‘zini ochib-yuma boshlaganini aytishgandi, biroq yana og‘irlashib qoldi”, deydi haydovchining yaqin qarindoshi Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.
Bahrom Dadaboyevning yaqinlari YPX xodimi xabar olmagani, ko‘mak bermayotganini aytib, norozilik bildirmoqda.
Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida YHXX matbuot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev bilan bog‘landi. Uning bildirishicha, xodim xizmat mashinasini o‘z yo‘nalishida boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Asosiy yo‘ldan ichki yo‘lga burilayotgan Cobalt mashinasi bexosdan uning yo‘liga chiqqan.
“YPX xodimi insoniylik yuzasidan Cobalt haydovchisi holidan xabar olish maqsadida shifoxonaga borgan. Biroq uning yaqinlari janjal ko‘targani bois qaytib bormagan”, deydi Zoyir Yo‘ldoshev.
Qo‘shimcha qilinishicha, YPX xodimi Farhod Mamajonovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan hamda uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ota mehri. Nogiron bolaning qahramon otasi haqida
Jamiyat | 07:48
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
Mavzuga oid

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

12:00 / 05.06.2025