Blue Origin faqat ayollardan iborat ekipaj bilan suborbital parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
New Shepard raketasi 105 kilometr balandlikka qadar ko‘tarildi. Ekipaj a’zolari orasida qo‘shiqchi Keti Perri va Jyeff Bezosning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Loren Sanches ham bo‘lgan.

Foto: Blue Origin
Blue Origin kompaniyasi faqat ayollardan iborat ekipaj bilan New Shepard raketasining suborbital parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, deb xabar beradi NBC News.
Qayd etilishicha, raketa Texasdagi kosmodromdan uchirilgan va to‘liq avtomatlashtirilgan parvoz qariyb 11 daqiqa davom etgan. Raketa 105 kilometr balandlikka, ya’ni Karman chizig‘i — Yer atmosferasi va kosmos orasidagi shartli chegaradan taxminan 5 kilometr yuqori ko‘tarilgan.
Ekipaj tarkibidan qo‘shiqchi Keti Perri, jurnalist va Blue Origin kompaniyasi egasi Jyeff Bezosning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Loren Sanches, inson huquqlari faoli Amanda Nguyen, aerokosmik muhandis Aysha Bou, kinoprodyusser Kerienn Flinn, CBS News radioboshlovchisi Geyl King o‘rin olgan.
Bu New Shepard’ning bortida ekipaj bilan 11-suborbital parvozi hisoblanadi. Blue Origin bu kabi parvozlarni 2021 yildan beri tashkil etib keladi. Ta’kidlashicha, bu 1963 yildan beri (Valentina Tereshkovaning birinchi parvozi) faqat ayollar ishtirok etgan birinchi parvoz hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyul oyida milliarder Jyeff Bezos shaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uchgandi. O‘shanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoshli uchuvchi Uolli Fank va 18 yoshli niderlandiyalik Oliver Demen bo‘lgan. Joriy yilning fevral oxirlarida esa Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgandi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lavrov: AQSh birgalikda biznes yuritishdan manfaatdor ekanini bildirdi
Jahon | 09:11
-
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 09:01
-
KXDR o‘z qo‘shinlarining Rossiya-Ukraina urushida qatnashganini tasdiqladi
Jahon | 08:09
-
Eronda portdagi portlashdan keyin milliy motam e’lon qilindi
Jahon | 08:05
Mavzuga oid

01:29 / 26.02.2025
Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

17:19 / 16.01.2025
Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi ilk bor New Glenn og‘ir raketasini orbitaga uchirdi

23:29 / 13.01.2025
New Gleen raketasi parvozi startga 15 daqiqa qolganda bekor qilindi

08:36 / 20.05.2024