Qozoğistonlik Danna Karagussova Markaziy Osiyodan koinotga uçadigan birinçi ayol böladi. U Amazon asosçisi, milliarder Jyeff Bezos tomonidan yaratilgan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida şu oyda parvoz qiladi.
Bölajak parvoz atigi 10-12 daqiqa davom etadi. Raketa koinot boşlanadigan 100 kilometr balandlikka kötariladi. Danna bilan birga yana beş yölovçi - biznesmen Jyeff Elgin, muhandis Klint Kelli III, seriyali startaplar asosçisi Aaron Nyuman, ukrainalik tadbirkor Vitaliy Ostrovskiy va öz ismini sir saqlaşni istagan yana bir yölovçi kosmik sayohatga çiqadi. Ularning barçasi vaznsizlikni boşdan keçiradi va koinotdan Yerni köradi. Parvoz jonli efirda namoyiş etiladi.
Kompaniya çipta narxini oşkor qilmayapti. Ma’lumki, joy band qiliş uçun depozit 150 ming dollarni taşkil etdi, parvozning özi esa 500 ming dollardan 1 million dollargaça bölişi mumkin.
43 yoşli Danna Karagussova almatilik taniqli işbilarmon ayol. U Qozoğistonda marketing va innovatsion texnologiyalar sohasida közga köringan şaxslardan biri hisoblanadi.
Danna maşhur oiladan çiqqan. Uning onasi - Guljana Karagussova taniqli siyosatçi, sobiq mehnat va ijtimoiy himoya vaziri, Qozoğiston Senati deputati.








