Blue Origin kompaniyasi NS-30 missiyasi doirasida kosmosga özining 10-turistik parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirdi.
Qayd etilişiça, bu köp poğonali tezlaştirgiç va yölovçilar uçun möljallangan kapsuladan iborat New Shepard raketasining 30-marotaba uçirilişi hisoblanadi.
Bortida olti nafar iştirokçi bölgan kapsula suborbital makonga 10-12 daqiqa amalga oşirgan qisqa parvozidan keyin yerga muvaffaqiyatli qöngan. Parvoz davomida iştirokçilar bir neça daqiqa vaznsizlik holatida bölgan va Yerni kosmos fonida kuzatişgan.
Yölovçilar orasida New Şepard’da ikkinçi parvozini amalga oşirgan tadbirkor Leyn Bess, teleboşlovçi Xesus Kalexa, fizik va tadbirkor Eleyn Çiya Xayd, reproduktiv endokrinolog Riçard Skott va xej-fond hamkori Tuşar Şah ham bölgan. Ekipajning oltinçi a’zo kim ekani noma’lum.
Eslatib ötamiz, 2021 yil iyul oyida milliarder Jyeff Bezos şaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uçgandi. Öşanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoşli uçuvçi Uolli Fank va 18 yoşli niderlandiyalik Oliver Demen bölgan.









